Keça, 28 iyun kuni soat 12:10 larda Namangan viloyatining Norin tumanida yaşovçi, 2004 yilda tuğilgan, tumandagi 15-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi sodir etgan yöl-transport hodisasi natijasida bir ayol halok böldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.
Öquvçi birga yaşovçi onasining nomida bölgan Damas rusumli avtomaşinasini boşqarib borayotib, özidan oldinda ketayotgan piyodalar, Norin tumanida yaşovçi, 1982 yilda tuğilgan, 1976 yilda tuğilgan, 1977 yilda tuğilgan uç nafar ayollarni urib yuborgan.
Natijada, piyodalar oğir tan jarohati olib, bir nafari voqea joyida vafot etgan. Ikki nafari turli xil darajadagi tan jaroxatlari bilan şifoxonaga yotqizilganlar.
Uşbu holat böyiça tuman IIB TB tomonidan 2020 yil 28 iyun kuni Özbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









