“Tolibon” rasmiy Toşkent bilan “Asr loyihasi” rejasini hal qilişga urinyapti – OAV

“Tolibon” rasmiy Toşkent bilan “Asr loyihasi” rejasini hal qilişga urinyapti – OAV

Joriy yilning may oyi oxirigaça Afğoniston Özbekiston bilan birgalikda Transafğon temir yöli qurilişi böyiça dala işlarini boşlamoqçi. Bu haqda “ToloNews” xabar berdi.

Qayd etilişiça, 12 may kuni Afğoniston Taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqi Özbekiston Boş vaziri örinbosari – Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri rahbari Sardor Umurzoqov bilan onlayn muzokara ötkazgan. Ular ikki davlat örtasidagi temir yöl rejasini yakunlaş masalasini muhokama qilgan.

Afğoniston temir yöllari boşqarmasi boşliği Baxt-ur-Rahmon Şarafatning aytişiça, Transafğon temir yöli qurilişida olğa siljiş bölib, bir oy içida uni örganiş boşlanadi.

“Texnik guruhlar şu oyda öz işini boşlaşi kutilmoqda, hozir barça bölimlarda bu masala muhokama qilinyapti”, dedi Baxt-ur-Rahmon Şarafat.

Rejaga köra, Mozori Şarifdan yönaliş Samangan, Pul-ye-Xumri, Qobul, Logar va Jaloloboddan ötib, Pokiston bilan çegaragaça boradi. Uning uzunligi taxminan 600 km böladi.

Transafğon temir yölining amalga oşirilişi Markaziy va Janubiy Osiyoni boğlaş va ular örtasidagi savdo-sotiqni osonlaştirişga yordam beradi. Afğoniston Iqtisodiyot vaziri örinbosari Abdul Latif Nazariyga köra, uning şarofati bilan Afğoniston mintaqaviy markazga aylanadi va qaşşoqlik muammosini hal qila oladi.

“Afğoniston-Turkmaniston-Pokiston temir yöli Afğonistonni mintaqaviy markazga aylantirişi va mamlakatda iş örinlari yaratiş hamda qaşşoqlikni kamaytirişda muhim rol öynaşi mumkin”, degan Abdul Latif Nazariy.

Eslatib ötamiz, 2021 yil boşida Özbekiston, Afğoniston va Pokiston yangi transport yölagi: Termiz – Mozori-Şarif – Qobul – Peşovar böyiça “yöl xaritasi”ni imzolagan edi. 

U Yevropa Ittifoqini, Rossiyani Markaziy Osiyo davlatlari, şuningdek, Hindiston va Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari bilan boğlaşi kerak.

Maʼlumot örnida, Özbekiston aynan Afğoniston orqali temir yöl qurib, dengizga çiqişni reja qilgan. Bu uçun bir neça yirik loyihalar ham tayyorlangan. 2021 yilning iyul oyida Toşkent şahrida bölib ötgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” nomli yirik xalqaro anjuman aynan uşbu loyihalarni amalga oşirişga qaratilgan. Bundan taşqari, Prezident Şavkat Mirziyoyev ötgan yilning iyun oyida Surxondaryo viloyatiga qilgan taşrifida Özbekistonni dengizga olib çiqişi mumkin bölgan “Mozori-Şarif – Qobul – Peşavor” temir yöli qurilişini yuqori baholab, uni “asr loyihasi”, deb atagan edi. Uşbu temir yöl liniyasi aynan Surxondaryo viloyatining maʼmuriy markazi Termizdan boşlanadi.

×