Farğonalik otaxon Ergaşali Şokirov bir neça ön yillardan buyon Haj ziyorati uçun mablağ jamğarib yurgan edi.
Otaxon mablağlarini Katta Farğona kanali ustida zamonaviy va mustahkam köprik quriş uçun sarf qildi.
Gap şundaki, Farğona viloyati Toşloq tumani Qumariq mahalla fuqarolari yiğini aholisi bir neça ön yillardan buyon qişloqni kesib ötgan Katta Farğona kanalining narigi tomoniga ötiş uçun qiyinçiliklarga uçrayotgan edi. Allaqaçon öz umrini ötab bölgan köprikning qurilganiga esa 38 yil böldi. Fuqarolar kanal yoqalab har kuni 5 kilometr masofani bosib ötişga majbur.Çunki taxta köprikdan maktabga qatnovçi bolalar orasida kanal bilan boğliq baxtsiz hodisalarning tez-tez bölib turişi odatiy holga aylanib qolgandi.
manba: aniq.uz









