Endilikda Özbekistonda maktab öquvçilari uçun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning ğoyasini startapga aylantirişga 100 milliard söm grant ajratiladi. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar bilan uçraşuvda maʼlum qildi.
Bildirilişiça, startaplarni qöllab-quvvatlaş böyiça tizim yaratildi. Ularni moliyalaştirişga 145 million dollar vençur sarmoya kiritildi. Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilişini aytdi. Endi, bu işlar maktabdan boşlanadi. Öquvçilar uçun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning ğoyasini startapga aylantirişga 100 milliard söm grant ajratiladi.
Oliygohlar örtasida ham startaplar böyiça har yili “Eng yaxşi kreativ ğoya” tanlovi ötkazilib, ğoliblarga oliygoh jamğarmasidan 300 million sömgaça grant beriladi.
Startapni prototipga aylantiriş va sinovdan ötkaziş uçun Innovatsiya agentligi va IT-park “RnD” markazini oçadi. Bunda, eng yaxşi loyihalar böyiça prototip yaratiş xarajatining 50 ming dollargaça qismi Yoşlar vençur jamğarmasidan qoplanadi.
Har yili investorlar, yirik korxona va startap taşabbuskorlari iştirokida “Startap-ekspo” körgazmasi ötkazib boriladi.









