Jizzax-Samarqand yönalişida kirakaşlik qilayotgan fuqarolardan «dolya» talab qilib kelgan şaxs qölga olindi.
Şarof Raşidov tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro Baxmal tumanida yaşovçi Jizzax-Samarqand yönalişida kirakaşlik qiluvçi fuqarodan 100 AQŞ dollari talab qiladi. Söralgan pulni bermasa taksiçilik faoliyati bilan şuğullanişiga yöl qöymasligini aytadi.
Fuqaroning murojaati asosida içki işlar organlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilib, talab qilingan mablağdan 1 million sömni olgan vaqtda qölga tuşadi.
Örganişlar davomida fuqaro boşqa bir şaxsdan ham 500 ming söm pul olib, yölovçi taşişiga ruxsat bergan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.









