Kadastr xodimlari qölga tuşdi

Kadastr xodimlari qölga tuşdi

Piskent tumanida yer maydonlarini sotgan firibgar va uning şeriklari bölgan kadastr bölimi xodimlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bölimi tomonidan «A.G.» uzumçilik va boğdorçilik şirkatining murojaatiga asosan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro T.T., Davlat kadastrlari palatasining Olmaliq şahar filiali mutaxassisi A.N. va Piskent tumani filiali kadastr muhandisi B.Ş.lar özaro til biriktirib, Piskent tumani hokimining 2020-2021 yildagi qaroriga ilova qilingan röyxatni soxtalaştirib, «A.G.» şirkatiga qaraşli yer maydonlarini fuqarolarga 6-8 sotixdan 2 000 dan 15 000 AQŞ dollarigaça sotişib, kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun yana 1-2 mln sömdan pul olişib, 14 nafar fuqaroning jami 562,4 mln sömini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganliklari aniqlangan.

Tekşiruv davomida, A.N. va B.Ş.lar tomonidan öz aybiga iqror bölib, yetkazilgan zararni qoplaş uçun taqdim qilgan 13,1 mln sömi protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) hamda 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

×