Söxda 17 yoşli hujjatsiz haydovçi YTHga uçradi

Söxda 17 yoşli hujjatsiz haydovçi YTHga uçradi

8 mart kuni Farğona viloyati, Söx tumani hududidan ötgan avtomobil yölida, bir yönalişda harakatlanib ketayotgan haydovçilar, 1969 yilda tuğilgan V.M. boşqaruvidagi hamda 2005 yilda tuğilgan F.I. boşqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomobillar iştirokida töqnaşuv sodir bölgan.

Töqnaşuv natijasida, ikki haydovçi hamda yölovçilar J.A. va A.Q.lar tan jarohati bilan şifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Söx tumani IIB YHXG masʼul xodimi tomonidan suriştiruv olib borilib, tegişli hujjatlar töplangan.

Örganiş davomida fuqarolarning tan jarohati böyiça tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasi örganilib, uşbu YTHda Jinoyat Kodeksining 266-moddasida körsatilgan jinoyat tarkibi mavjud emasligi aniqlangan. Suriştiruv davomida haydovçi V.M. mast holda avtomobil boşqarganligi aniqlangan va unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 131- va 133-moddalari tartibida, şuningdek, haydovçi F.I. haydovçilik guvohnomasisiz avtomobil boşqarganligi aniqlangan va unga nisbatan mazkur Kodeksning 135-moddasi 2-qismi tartibida töplangan hujjatlar Jinoyat işlari böyiça Söx tumani sudiga yubrilişi çorasi körilmoqda.

×