Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyatining Kökdala tumanida ötkazilgan Navröz bayrami tadbirida gaz ballon portlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritiş maqsadida QALAMPIR.UZ Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov bilan boğlandi.
Uning bizga maʼlum qilişiça, keça, 18 mart kuni soat 12:00 larda Kökdala tumani “Töqmor” MFYda ötkazilayotgan tadbirda fuqaro Ş.B. 20 litr siğimidagi gaz ballonga örnatilgan "gaz plitkasi"da baliq mahsulotlarini pişirib sotayotgan vaqtida, gaz ballon portlab ketgan.
Oqibatda yaqin atrofda bölgan jami 37 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan va şifoxonaga olib borilgan. Tibbiy körikdan ötkazilgan 13 nafar fuqaroda tan jarohati aniqlanmagani sababli uyiga qaytarilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğonada gaz portlaşi oqibatida 3 nafar Hindiston fuqarosi jarohatlangandi.









