Jizzax viloyati Zarbdor tumani «Yangi hayot» mahallasida joylaşgan «Gaz manbai» MÇJga qaraşli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyiş şoxobçasida portlaş yuz berdi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra voqea 16 yanvar kuni taxminan soat 11:30 larda taʼmirlaş-payvandlaş işlari olib borilayotganida kelib çiqqan çaqnaş oqibatida yuz bergan.
Oqibatda mazkur MÇJ işçilaridan fuqaro 40 yoşli Ş.A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoşli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi işlamoqda, portlaşning kelib çiqiş sabablari örganilmoqda.
manba: aniq.uz









