“Tinçgina bir-birlaringning soqollaringni olinglar”: Toşkentda IIB xodimlari fuqarolarning soqolini majburan oldirdi

“Tinçgina bir-birlaringning soqollaringni olinglar”: Toşkentda IIB xodimlari fuqarolarning soqolini majburan oldirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Uçtepa va Çilonzor tumanlarida soqol qöygan erkaklar jamoat joyidan uşlab ketilayotgani va IIB binosiga olib borilgaç, soqoli olinib qöyib yuborilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz hodisa iştirokçilari va Içki işlar vazirligi bilan boğlandi.

Muhammadyusuf ismli Facebook foydalanuvçisi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda kundalik yumuşi bilan köçada yurgan vaqtda içki işlar xodimlari uni töxtatişgani va şaxsiga aniqlik kiritiş maqsadida Uçtepa tumani IIB binosiga olib borişganini aytdi.

“Voqea keça, 6 may kuni soat 16:30 – 17:00 atrofida sodir böldi. Işlarim bilan köçada yurgandim. Dökondan suv olib çiqayotganimda PPX xodimlari töxtatişdi. “Şaxsingizni tasdiqlaşingiz kerak, biz bilan borasiz. Aniqlik kiritib qöyib yuboramiz”, deb aytişdi. Bir oyça avval Çilonzorda ham içki işlar xodimlari töxtatib, IIBga olib borişgan, işxonadagilar pasportimni olib kelişgaç, şaxsimga aniqlik kiritib qöyvorişgandi. Bu safar ham şunday bölsa kerak deb ular bilan birga Uçtepa tumani IIBga bordim.

Bölgan voqea haqida özim işlaydigan firma rahbariga qönğiroq qilib aytdim. U kişi IIBga hujjatimni olib kelganlarida soqoli bölgani uçun ularni ham içkariga olib kirişdi. Bizni rasmga olişdi. Bu paytda IIB binosida xuddi şu holat böyiça uşlab kelingan kamida öntaça erkak bor edi. Xodimlar bizga soqolimizni oliş kerakligini aytişdi. “Maşinka” berib, özlaringiz olib çiqib ketaveringlar”, deyişdi. Yöqsa majburan olamiz deyişdi.

Bu gapdan keyin deyarli hamma soqolini özi oldi. Xodimlar soqol bor paytda va olingandan keyingi holatlarni suratga olib turişdi. Soqoli olinganlar şu zahoti qöyib yuborildi. Men va rahbarim soqolimizni olmasligimizni aytdik. Şundan keyin bizni alohida xonaga olib kirib, tuşuntiriş xati yozib berişimizni aytişdi. Şunga asosan 15 sutkaga qamalişimizni, undan oldin esa baribir soqolimiz olinişini maʼlum qilişdi.

“Tinçgina bir-birlaringning soqollaringni olinglar”, deyişdi, biz rad etganimizdan söng lavozimi yuqoriroq rahbarlardan birining xonasiga olib kirişdi.

Şu tariqa 5 soat davomida söroq-savol qilib, bosim qilib turişdi. Bu vaqtda bölimga olib kelinayotgan fuqarolar soqollarini olib bölgaç, çiqib ketaverdi. Biz esa soatlab ötiraverdik. Bu vaqt içida telefonlarimizni titkilab körişdi. Qaçondir özbekistonlik rasmiy imomlardan biri marhum Yorqinjon domla Fozilovning maʼruzalarini döstlarimdan biriga yuborgan ekanman. Şerigimning telefonidan ham şunga öxşaş narsa topişdi.

“Agar soqolinglarni olmasanglar boşqa “statya” böyiça ketasizlar” deb bosim qildi. Biz yöq joydan iş kattalaşib ketmasin deb ularning talabiga rozi böldik, faqat soqolimizni özimiz olmasligimizni, bir-birimiznikiniyam olmasligimizni aytdik. Şundan söng yoşroq xodimlardan biri “maşinka”da olib qöydi.

Soqolimiz olingaç bizni suratga olişdi. Telefonlarimizni qaytarib berib, qöyib yuborişdi. Bizni tutib kelişgani böyiça heç qanday hujjat rasmiylaştirilgani yöq. Bizdan ham heç qanday hujjatga imzo qöyiş talab qilinmadi”, deydi Muhammadyusuf.

U PPX xodimlari bilan birga IIB binosiga kelayotgan vaqtda va binodan çiqqanidan söng özini suratga olgan va beş soat içidagi özgariş aks etgan uşbu suratlarni Facebook'dagi sahifasiga joylaştirgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi boşqa foydalanuvçilar tomonidan köp marta ulaşilgan uşbu postga yuzdan oşiq izoh yozib qoldirilgan.

“Tinçgina bir-birlaringning soqollaringni olinglar”: Toşkentda IIB xodimlari fuqarolarning soqolini majburan oldirdi

Abdurahmon Mufid / Foto: Facebook

Maʼlum bölişiça, 6 may kuni yana bir qança internet foydalanuvçilari IIB binosiga olib borilib, soqolini olişga majburlangan. Jumladan, Abdurahmon Mufid taxallusida ijod qiladigan taniqli vaynerlardan biri ham Instagram'dagi sahifasida özining soqolli va soqolsiz suratini joylab, post qoldirgan.

“Har bir işda bir hikmat bor, körib turganingizdek soqol olindi. Sizlardan iltimos, nima böldi, nima uçun soqolni oldingiz, tinçlikmi, muammo bormi degan savollarni bermanglar. Javob berişga qiynalişim mumkin. Lekin körgan, bilgan odamlarning özlari tuşunib olişdi degan umiddaman. Nima ham deymiz, ijodni yanada kuçaytiramiz, har qanday holatda ham ijod qilişdan, odamlarga motivatsiya berişdan töxtamaslikka harakat qilamiz. Sizlarni yaxşi köraman. Duolaringizdan umidvorman”,deb yozgan u.

Facebook'da Musannif Adham taxallusli bloger Adham Olimov bunday amaliyotning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan şaxsiy huquq-erkinliklarga zidligi, buni içki işlar xodimlarining özlari ham bilişini taʼkidlagan. U özidagi maʼlumotlarga tayanib yozişiça, bu tadbirlar davomida xodimlar: “Töğri tuşuning, bu siyosat, bizga ham buyurişgan”, deyişgan.

“Xöp, bu zormanda soqollar olindi, yuzlar qirtişlandi, lekin inson organizmi özgarmaydi: ertadanoq bu soqollar yana ösib boşlaydi, ikki-uç oyda asl holatiga kelib, uzayib qoladi. Unda nima qilasizlar? Yana byudjetning puli isrof, yana reydma-reyd – soqolli yigitlarni tutib kelib, soqol oldirasizlarmi? Xalqning peşona teri bilan tölayotgan soliğini bamaʼniroq, tuzukroq yöllarga sarflaş çorasi yöqmi?” – deya yozadi bloger.

“Tinçgina bir-birlaringning soqollaringni olinglar”: Toşkentda IIB xodimlari fuqarolarning soqolini majburan oldirdi

Muhammad Maʼruf / Foto: Facebook

Bloger Olimjon Haydarov Telegram-kanalida Uçtepa tumani IIBda soqoli majburan olinganlar tomonidan berilgan maʼlumotlarga tayanib, içki işlar xodimlari “römollilarga ham şunday tadbir ketyapti” deyişgani haqida yozgan. Alixontöra Şokirjon öğli ismli Facebook foydalanuvçisi esa Olimjon Haydarov tarqatgan maʼlumotga aniqlik kiritib, hijobga qarşi tadbirlar burqa (faqat köz oçiq qoldiriladigan kiyim) kiygan ayollarga nisbatan ötkazilayotganini aytgan.

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov Kun.uz savoliga javoban fuqarolar profilaktik tadbirlar davomida konstitutsiyaviy huquqlari poymol etilgan deb hisoblasa, örnatilgan tartibda şikoyat qilişi mumkinligini aytdi.

“Içki işlar organlari tomonidan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda jamoat xavfsizligini taʼminlaş jarayonida ötkaziladigan tezkor-profilaktik tadbirlarini fuqarolarning diniy eʼtiqodi bilan boğlaş mutlaqo notöğri. Fuqaro, özining konstitutsiyaviy huquqlari poymol etilgan deb hisoblasa, örnatilgan tartibda şikoyat qilişi mumkinligini eslatib ötamiz”, dedi IIV mulozimi.

×