Qodirov çeçenistonliklarni soqolini qisqartirişga çaqirdi

Qodirov çeçenistonliklarni soqolini qisqartirişga çaqirdi

Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov respublikadagi erkaklarni uzun soqol va kalta şim kiyişni yoşlar ergaşayotgan modaga aylantirmaslikka çaqirdi. U bu haqda mintaqa kuç işlatar tuzilmalari rahbarlari bilan ötkazilgan yiğilişda gapirdi.

Qodirovning sözlariga köra, Çeçenistonda juda uzun soqol qöygan, biroq jamoat bölib öqiladigan juma namozlariga va masjidlarga bormaydigan, vaqtini asosan köçada bekor ötkazadigan erkaklar bor.

«Ular uzun soqol va şimlarni yuqoridan qayirib kiyişni tuşunarsiz modaga aylantirib qöyişdi, yoş avlod esa ularga taqlid qila boşlamoqda. Ularga murojaat qilaman: soqollaringizni qisqartiring va uni din talablariga muvofiq tarzda saqlang», — dedi respublika rahbari.

Qodirov ayollar kiyinişidagi özgarişlarga ham eʼtibor qaratdi. Uning aytişiça, ayrim ayollar butun tanasini yopadigan kiyimlar kiyişni boşlagan va uning fikriça, Çeçenistonga xos bölmagan uslubga ergaşmoqda.

«Ularni ham islom talablariga muvofiq kiyinişga, arabça kiyiniş uslubiga taqlid qilmaslikka çaqiriş kerak. Bizda paranja heç qaçon kiyilmagan», — deya qöşimça qildi u.


Teglar:
×