Farğonada maktabga römol örab kelgan qizning tarafini olgan erkak 10 sutkaga qamalgani aytilmoqda

Farğonada maktabga römol örab kelgan qizning tarafini olgan erkak 10 sutkaga qamalgani aytilmoqda

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Söx tumanida maktabda jiyanining römoliga qarşilik bölgani uçun uning tarafini olgan erkakni 10 sutkaga qamab qöyilgan” sarlavhali xabar Farğona viloyati IIB tomonidan örganib çiqildi.

Maʼlum bölişiça, 2022 yilning 18 aprel kuni Söx tumanida istiqomat qiluvçi X.R va A.R.lar jamoat joyi hisoblangan Söx tumani XTBga qaraşli 25-sonli maktabga borib, heç bir sababsiz öqituvçilarni turli uyatli sözlar bilan haqorat qilib, baqir-çaqir qilib öşa yerda bölgan öqituvçi va öquvçilarning tinçligini buzib, huquqbuzarlik sodir qilişgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan maʼmuriy tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, Jinoyat işlari böyiça Söx tuman sudiga yuborilgan.

Jinoyat işlari böyiça Söx tuman sudining 2022 yilning 27 aprel kunidagi qaroriga muvofiq yuqoridagi ikki nafar şaxslar Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularning har biriga 10 (ön) sutka muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Farğona viloyati IIB Axborot xizmati

×