Toşkentda öquvçi maktabga avtomat va 1188 ta öq olib keldi. Poytaxtda jinoyatçilik ortgani aytilmoqda

Toşkentda öquvçi maktabga avtomat va 1188 ta öq olib keldi. Poytaxtda jinoyatçilik ortgani aytilmoqda

Özbekistonda maktab öquvçilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar oşgan. Bu haqda bugun, 22 fevral kuni Boş prokuraturada ötgan Jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça Muvofiqlaştiruvçi kengaşining kengaytirilgan yiğilişida maʼlum qilindi.

Misol uçun, Toşkent şahar Yaşnobod tumanida maktab öquvçisi Ş. özaro janjal oqibatida tanişi X.ni öldirib, jasadini hovlidagi quduqqa taşlab  yuborgan. Voqeaga guvoh bölgan marhumning turmuş örtoği X. va uning dugonasi K.ni ham öldiriş maqsadida hayotiga suiqasd qilgan.

Ş. 7 oy davomida darsga qatnaşmasdan, marhum X.ning uyida işlab kelgan bölsada, sinf jurnallarida “sababli dars qoldiruvçi” sifatida qayd etib kelingan.

Angren şahridagi maktab öquvçisi J. tanişi S.ning 42 mln sömlik tilla buyumlarini qölga kiritiş uçun uni piçoq bilan qasddan öldirgan.

Boş prokuratura tomonidan maktablarda ötkazilgan davomat tadbirlarida 2019 yilning 9 - 14 noyabr kunlari Toşkent şahar maktablarida 4.215 nafar, 11-27 noyabr kunlari Qaşqadaryoda 1.057 nafar öquvçilar darslarga sababsiz qatnaşmagani aniqlangan.

Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev yiğilişdagi maʼruzasida, voyaga yetmaganlar örtasida piçoq va boşqa sovuq qurollar olib yuriş holatlari köpayganligini tanqid ostiga oldi.

Birgina 2019 yilda taʼlim muassasalarida 210 nafar öquvçilar sovuq qurol olib yurganligi aniqlangan.

Misol uçun, Yunusobod tumanidagi maktab öquvçisi Yu. otasiga tegişli pnevmatik avtomatni 1.188 dona metall öqlari bilan maktabga olib kelgan.

Ötgan yilda yoşlar tomonidan piçoqdan qurol sifatida foydalanib, 346 ta jinoyat sodir etilgan. Bular asosan, qotillik, tan jarohati yetkaziş, bosqinçilik va bezorilik jinoyatlaridir.

Ularning aksariyati Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qaşqadaryo, Toşkent, Farğona viloyatlari va Toşkent şahriga töğri kelgan.

Misol uçun, Qöqon şahridagi maktab öquvçisi O. özaro kelib çiqqan janjal oqibatida tanişi Y.ning qorin qismiga piçoq urib, oğir jarohat yetkazgan.

Qalampir.uz Tahririyati

×