Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 8 aprel kuni ötkazilgan matbuot anjumanida xalq taʼlimi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev maktablarga römol örab kelayotgan qizlarga nisbatan bölayotgan qarşiliklar yuzasidan izoh berdi.
«Taʼlim sifatiga şu masala muhimmi, deya köpçilik savol beradi. Qaçon kelmaylik, taʼlim sifatini haqida gaplaşamiz deganimizda, şu mavzudan gap boşlaysizlar. Heç qanaqa normativ hujjatlarda özgariş bölmagan. Albatta, davlatda örnatilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bor, maktabning odob-axloq qoidalari bor. Bu faqatgina qizlarning römol masalasi emas, alohida din uçun, bolalarning qaysidir xususiyatlari böyiça ham boşqaça kiyiniş masalasi bölişi mumkin.
Bularning hammasiga örnatilgan tartib bor. Hammangiz yaxşi biladigan maktab böyiça qaror bor. Unda belgilangan tartiblar bor. Şu bilan birga, xalq taʼlimi vazirligi 2020 yilda milliylikni tarğib etiş, urf-odatlarimizga mehr köpayişi uçun milliy ruhdagi (aynan oç rangdagi) römol öraş böyiça bayonot bergandi. Bu böyiça ham heç qanday özgariş bölgani yöq.
Şuningdek, vazirlik vakili maktab formasining tartibi borligini, biroq qöşimça xususiyatlardan kelib çiqib, vaziyatni tuşuniş holatlari ham bölişi mumkinligini taʼkidladi. Bundan taşqari, ota-onalar va öquvçilar belgilangan tartib qoidalarga javob berişi kerakligini qayd etdi.
«Yaʼni formaning tartibi bor, lekin qöşimça xususiyatlardan kelib çiqib, qandaydir vaziyatni tuşuniş holatlari bor. Misol uçun, milliy döppi kiyib kelaman deyişi mumkin, unga ham töğri qaraş masalasi bor. Lekin 10 mingta maktabni 10 mingta direktori bor, hammasining dunyoqaraşi har xil. Albatta, bu böyiça vazirlik yoki boşqa idora alohida topşiriq bermagan.
Bunday holatlar yuzasidan aniq bir odamga çora köriş kerak, fikrimça. Kimdir öqişga kelaman desa, uni darsga kiritmaslik ham töğri emas. Biroq kiyinib yuriş odob-axloq qoidalarini ham ota-onalar, ham bolalar maktab hududida belgilangan tartibga javob berişi kerak deb hisoblayman», — dedi Usmon Şarifxöjayev.









