Namanganda senator uçraşuvga kelmagan “Öztransgaz” AJ vakilini masʼuliyatli bölişga çaqirdi

Namanganda senator uçraşuvga kelmagan “Öztransgaz” AJ vakilini masʼuliyatli bölişga çaqirdi

Nosirbek Abdullaxonov uşbu uçraşuvga “Öztransgaz” AJ Namangan viloyati hududiy gaz taʼminoti filiali 1-Namangan şahar uçastkasi boşliği Sardor Rahimovni taklif etgan.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Xotin qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi raisining örinbosari Nosirbek Abdullaxonov Namangan şahrida özi saylangan 25-Döstlik saylov okrugi hududidagi mahalla fuqarolar yiğini raislari bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda. Xabarda aytilişiça, Nosirbek Abdullaxonov uşbu uçraşuvga “Öztransgaz” AJ Namangan viloyati hududiy gaz taʼminoti filiali 1-Namangan şahar uçastkasi boşliği Sardor Rahimovni taklif etgan. Ammo “Öztransgaz” AJ masʼul xodimi senatorning uçraşuvga keliş taklifini yerda qoldirgan.

“Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi yangi saylangan parlament aʼzolari oldiga davr ruhiga hamohang tarzda işlaş, saylovçilarning, xalqning işonçini oqlaş, mehrini qozoniş masʼuliyati qöyildi. Bu masʼuliyat va vazifani kabinetlarda qoğozga kömilib ötiriş bilan tölaqonli ado etib bölmaydi. Zero, xalq vakili xalq içida, xalq bilan birga bölmas ekan, odamlar bizga nisbatan “Tanasi boşqa dard bilmas” maqolini haqli ravişda qöllayveradi. Davlat rahbari taʼkidlaganidek, amaliy işga kirişiş vaqti keldi, xalqimiz uçun ertaga emas, balki bugundan yaxşi yaşaşi uçun şaroitlar yaratilişiga masʼulmiz. Bu senator bölib saylanganimdan keyin fuqarolar bilan ötkazayotgan ikkinçi uçraşuvim bölib, ilk uçraşuvimda ham fuqarolar bilan bevosita muloqot asosida bir qator mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga şaxsan guvoh bölganim biz, albatta, xalq içida yurişimiz zarurligini körsatgan edi”, deydi Nosirbek Abdullaxonov.

foto effect.uz

Nurobod, Gulşan, Navröz, Mingterak, Axsikent, Mingçinor, Yuksaliş, Maʼnaviyat, Boborahim Maşrab va Furqat nomli mahalla fuqarolar yiğini raislari bilan ötgan uçraşuvda oqsoqollar aholining yaşaş şart-şaroiti haqida maʼlumot berib, hududning öziga xos muammolari va ularni bartaraf etiş yuzasidan mulohazalar bildirdi.

“Iş kunimiz avvalida senator bilan uçraşuv haqida aytişganda, oçiği, yana odatiy muloqot böladi, deb öylagandim. Qarangki, butunlay buning aksi bölib çiqdi. Senator bilan hamkorlikda hududimizda yangi iş örinlari yaratiş masalasida kelişib oldik. Ayniqsa, uyda ötirgan xotin-qizlar uçun mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda kasanaçalik asosida iş örni yaratiş, kam taʼminlangan oilalardagi çuqurlaştirilgan tibbiy körikka muhtoj kişilarni bepul tibbiy körikdan ötkaziş böyiça aniq çoralar belgilanganidan mahalla ahli mamnun böldi”, deydi Furqat MFY raisi Saodatxon Xolbayeva.

Senatorning aytişiça, uçraşuvga “Öztransgaz” AJ Namangan viloyati hududiy gaz taʼminoti filialidan vakil taklif etilgan, ammo uçraşuvga aytilgan rahbar nomaʼlum sabablarga köra kelmagan.

“Hamjihat bölsak yeçilmaydigan muammoning özi yöq. Şuning uçun faoliyatimizning dastlabki kunlaridanoq xalq işonçiga munosib bölişga astoydil intilmoqdamiz. Afsuski, hamma rahbarlar ham bugungi talablarni, zamon şiddatini töla-tökis his qila olmayapti. Uşbu uçraşuvga şaxsan özim ikki marta murojaat qilişimga qaramay, “Öztransgaz” AJ Namangan viloyati hududiy gaz taʼminoti filiali 1-Namangan şahar uçastkasi boşliği Sardor Rahimovning kelmagani, öz sohasi böyiça yurtdoşlarimizni qiynayotgan muammolarga yeçim izlaşda hozir yonimizda turmagani şunday fikr uyğotadi kişida”, dedi Nosirbek Abdullaxonov.

Manba: Effect.uz Eşonxonov Akmal

×