Jizzax viloyati IIB axborotiga köra, Daştobod şahrida yaşovçi fuqaro şarʼiy nikohidagi ayoli bilan janjallaşib, farzandini öldirib qöydi.
9 oktyabr kuni soat 23:00 larda beşikdagi çaqaloq yiğlaydi. Ayolning gödakni eplay olmayotganidan jahli çiqqan er qizini özi uxlatmoqçi bölib, janjal keltirib çiqaradi. U beşikdagi yostiq bilan ayolning yuziga bir neça marotaba uradi, şunda gödakning boşi beşikning qirrasiga uriladi, unga boşqa jarohatlar ham yetkaziladi.
Ikki oylik çaqaloq şifoxonaning jonlantiriş bölimida vafot etadi.
Sud tibbiy ekspertizasi bolaning ölimiga boş miya yopiq jarohati, miyaga qon quyilişi, kökrak qafasi va ikkala son sohasidagi qon talaşlar sabab bölganini qayd etdi.
Sud aybdor fuqaroni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.









