SSV Toşkent tumanida şer tişlab olgan 3 yoşli bolaning ahvoli haqida maʼlumot berdi

SSV Toşkent tumanida şer tişlab olgan 3 yoşli bolaning ahvoli haqida maʼlumot berdi

Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkent tumanida şer tişlab olgan bolaning ahvoli qoniqarli ekani, muolajalar reja asosida davom ettirilayotganini maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, bolaning ahvoli qoniqarli, muolajalar reja asosida davom ettirilmoqda.

«Travmatologiya va neyroxirurgiya bölimida şoşilinç ravişda barça kerakli muolajalar ötkazildi. Jumladan, quturişga qarşi antirabik vaktsina qöllanib, jarohatlarga birlamçi jarrohlik işlovlari berildi», deydi Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan 2-son bolalar jarrohlik klinik şifoxonasi boş şifokori D.Sobirov.

Bemor muassasaga olib kelingan vaqtda umumiy ahvoli örta oğirlikda baholangan. Huşi joyida bölsa-da, bezovta va qörquv alomatlari közga taşlangan. Boş sohasi rentgen va MSKT tekşiruvlaridan ötkazilgan. Patologik siniş alomatlari kuzatilmagan. Yoş bemor neyroxirurg, nevropatolog va pediatr kabi qator mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan.

Şuningdek, unda qöşimça tarzda yuqori nafas yöllarining yalliğlanişi belgilari bölgani uçun kökrak qafasining rentgenografiyasi tekşiruvi ötkazilgan. Pediatr tomonidan ötkir respirator infektsiya, faringobronxit taşxisi qöyilib, davolaşni davom ettiriş va jarohatlarini nazorat qilib turiş maqsadida torakal jarrohlik bölimiga ötkazilgan.

Hozir bolakayning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli. Davo muolajalari reja asosida davom ettirilmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi bemorning ahvolini nazoratga olgan. 2-sonli klinik şifoxonaning travmatologiya va neyroxirurgiya bölimi boşliği Ismat Niğmatov hamda Respublika boş rabiologi Saidvoris Ğaniyev tomonidan bemorning holati muntazam tarzda tekşirib borilmoqda.

Bundan avvalroq Toşkent viloyati Toşkent tumanida 7 aprel kuni xonadonlardan birida noqonuniy boqilayotgan şer 3 yoşli qizçani tişlab olgani haqida xabar berilgandi.

×