Uruş Ukrainadagi qança bolaning umriga zomin böldi?

Uruş Ukrainadagi qança bolaning umriga zomin böldi?

Ukrainada davom etayotgan uruşda bugungaça 176 bola halok böldi, yana 324 bola yaralandi. Bu haqda Ukraina Boş prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Rossiya Federatsiyasining qurolli agressiyasi boşlanganidan beri Ukrainada deyarli 500 nafar bola jabrlandi. Ulardan 176 nafari halok bölgan, 324 nafardan ortiği esa yaralangan”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilişiça, Kiyev viloyatida – 91, Donetsk viloyatida –102, Xarkov viloyatida – 76, Çernigov viloyatida – 50, Nikolayev viloyatida – 40, Lugansk viloyatida – 35, Zaporoje viloyatida – 22, Xerson viloyatida – 29, Kiyev şahrida – 16, Sumi viloyatida – 16, Jitomir viloyatida – 15 nafar bola jabrlangan.

“Bu raqamlar yakuniy emas, çunki vaqtinça bosib olingan va ozod qilingan hududlarda  ham halok bölgan va yaralangan bolalar haqida maʼlumotlar aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilişiça, 8 aprel kuni Donetsk viloyatining Kramatorsk şahridagi temir yöl vokzaliga uyuuştirilgan raketa hujumida 5 nafar bola halok bölgan, 16 nafari yaralangan. Hududdagi 4 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilinmoqda. 

Kiyev viloyatidagi Gostomel yaqinida esa yoş bolali oila halok bölgan maşina topilgan.

Xarkov viloyatining Izyumskiy tumanida esa uç kişi qiynoqqa solingan va yoqib yuborilgan. Jasadlar orqasida voyaga yetmagan bola ham bor. 

Prokuraturaga köra, bomba va öq otilişi oqibatida 928 ta taʼlim muassasasi zarar körgan, ulardan 84 tasi butunlay vayron qilingan.

×