Transport vositalarining köpayib borişi bu, haydovçilar uçun yanada köproq masʼuliyat deganidir. Yöl harakati qoidalariga qatʼiy amal qiliş, yöllarda yurganda öta huşyorlik bilan harakatlaniş musibat va hodisalardan asraydi.
Özining yumuşlari bilan işga şoşayotgan Sardor Jamolov (ism-şariflar şartli) ham ana şu tartib-tamoyillarni bir damga bölsin çeklamaganda edi, balki bir insonning ölimigia sababçi bölmagan, bir umrlik vijdon azobiga qolmagan bölardi. U öşa maşʼum kuni yöldan ötib borayotgan piyoda, 2 nafar farzandlarning onasi, Ziyoda Rajabovani urib yuborib oğir tan jarohati yetkazadi.
Tabiiyki savol tuğiladi: xöş, haydovçi S.Jamolov amaldagi "Yöl harakati qoidalari"ning qaysi talablarini buzgan?
"Yöl harakati qoidalari"ning 11-bandi "g" kiçik bandida "transport vositasining haydovçisi harakatlaniş jarayonida piyodalar, ayniqsa, bolalar, nogironlar, qariyalar va velosipedçilarga nisbatan ehtiyotkorlik çoralarini körişi şart", 12-bandi 1-qismida "haydovçiga transport vositasini mastlik holatida boşqarişi taqiqlanadi", 77-bandida "haydovçi harakatning serqatnovligi, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yöl va ob-havo şaroitini, şuningdek, harakatlaniş yönalişidagi körinişni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oşirmasdan boşqarişi zarur. Tezlik haydovçiga uşbu qoidalar talablarini bajarişi uçun transport vositasining harakatini doimiy nazorat qilib boriş imkoniyatini berişi kerak. Harakatlaniş vaqtida haydovçi aniqlay oliş imkoniyatidagi xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini töla töxtatişni taʼminlaydigan darajada kamaytirişi yoki tösiqni boşqa harakat qatnaşçilari uçun xavf tuğdirmagan holda aylanib ötiş çoralarini köriş kerak" deb qatʼiy belgilab qöyilgan.
Sudlanuvçi S. Jamolov ana şu qoidalarga amal qilmasdan ehtiyotsizlik va qoidabuzarlik sodir etgani bir ayolning hayoti bevaqt zavol topişiga sabab böldi.
Albatta, Sardor jabrlanuvçi ayolni şifoxonaga yetkazib, zudlik bilan tibbiy yordam körsatilişiga erişadi, ammo...Yigirma kun ikki olam oraliğida jon talaşib yotgan ayolni saqlab qoliş imkoni bölmaydi.
Oilaga keltirgan musibat uçun tibbiy (moddiy), ruhiy, maʼnaviy zararlarini qoplab, aybdor sifatida ularning yonida bölişga uringan Sardor afsuski ming uringanda ham bir inson hayotini qaytarib berişga qodir emas!
Sud, Sardor Jamolovga oid jinoyat işini örganar ekan, jabrlanuvçi hamda uning oilasiga körsatgan yordami, qilmişidan çin dildan puşaymonligi, keyingi davrda ham musibat körgan oilaga moddiy-maʼnaviy yordam berib borişi, unga nisbatan jarlanuvçi vakilining heç qanday daʼvosi yöqligi va boşqa omillarni eʼtiborga olgan holda hukm çiqardi.
Kim bölmaylik yöllarda harakatlanişning amalda belgilab qöyilgan qoidalariga qatʼiy rioya qilişimiz özimiz va özgalar soğliği hamda hayoti xavfsizligining kafolati ekanini doimo yodda tutişimiz şart.
Dilmurod Madaminov,
Jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudi raisi









