Bugun, 8 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov örtasida telefon muloqoti bölib ötdi. Bu haqda Qirğiziston rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat çoğida Şavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni “Tsenterra” kompaniyasi bilan “Qumtor” oltin konining holati böyiça muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangani va tegişli şartnoma imzolangani bilan tabriklagan.
Qayd etilişiça, davlat rahbarlari qirğiz-özbek ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qilgan va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almaşganlar.
Prezident Sadir Japarov Botken viloyatida ikkita umumtaʼlim maktabi quriş, şuningdek, Bobur nomidagi Öş davlat akademik özbek musiqali drama teatrini rekonstruktsiya qiliş masalasini hal qilgani uçun öz Özbekiston Prezidenti va davlatiga minnatdorlik bildirgan.
Sadir Japarov, şuningdek, Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga rejalaştirilgan javob taşrifi, şubhasiz, ikki davlat örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonç bildirgan.
U 2022 yil 26-27 may kunlari Bişkek şahrida bölib ötişi rejalaştirilgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi oliy kengaşi va Yevroosiyo iqtisodiy forumida Özbekiston Prezidentining şaxsan iştirok etişiga eʼtibor qaratgan.
Suhbat yakunida ikki davlat rahbarlari muborak Ramazon oyi munosabati bilan bir-birlarini tabriklaganlar.
Hozirça rasmiy Toşkent uşbu muloqot haqida xabar bergani yöq.









