Bugun, 12 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tongda Istanbul şahrida ötayotgan Turkiy kengaş sammiti doirasida öziga ajratilgan qarorgohda Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uçraşuv ötkazdi.
Qayd etilişiça, davlat rahbarlarining joriy yil mart oyida Toşkentda ötgan uçraşuvi çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Şuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik barqaror surʼat bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
"Tovar ayirboşlaş va yuk taşiş hajmlari ortmoqda, aviaqatnovlar köpaymoqda. Maşinasozlik, elektrotexnika, energetika, qişloq xöjaligi, logistika va boşqa tarmoqlarda, şu jumladan yangidan taşkil etilgan Qöşma investitsiya jamğarmasi resurslarini jalb qilgan holda istiqbolli kooperatsiya loyihalari işlab çiqilmoqda. Madaniy almaşinuvlar kengaymoqda, muhim gumanitar dasturlar amalga oşirilmoqda", deyiladi rasmiy xabarda.
Taʼkidlanişiça, “Xitoy – Qirğiziston - Özbekiston” temir yölini quriş loyihasini jadal ilgari surişga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan taşqari, mintaqaviy hamkorlik, şu jumladan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi doirasidagi şeriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.









