Bloger Otabek Sattoriyning jinoyat işi bilan boğliq apellyatsiya instantsiyasi sudi bir neça kun davom etişi mumkin. Bu haqda Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmati rahbari Tursunali Akbarov «Daryo»ga maʼlum qildi.
Surxondaryolik Otabek Sattoriy 2021 yil 4 may kuni jinoyat işlari böyiça Muzrabot sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi «a», «g» bandlari (oğir yoki öta oğir jinoyat sodir etişda ayblab, ğarazgöylik yoki boşqa past niyatlarda tuhmat qiliş) va 165-moddasi 3-qismi «a» bandida (juda köp miqdordagi tovlamaçilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan edi. Sud unga 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan.
Sattoriyning apellyatsiya işi Samarqand viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati tomonidan körilişi belgilangan edi. Keyinroq sud işi 29 iyun kuni Termiz şahrida körilişi maʼlum böldi, işni köriş soat 10:00 da boşlanişi belgilangan.
Tursunali Akbarovning bergan izohiga köra, bloger Otabek Sattoriyga oid jinoyat işi apellatsiya instantsiyasida Samarqand viloyat sudyalari tomonidan Surxondaryoda körilişi «xolislikni taʼminlaşga qaratilgan çora»dir.
«Samarqand viloyat sudi sudyalari jinoyat işini Samarqandning özida emas, balki Termizga borib körişini bir tomonlama talqin qilib, jamoatçilikning fikrini çalğitiş farosatsizlikdan boşqa narsa emas. Jinoyat işini Termizga borib köriş — sudlanuvçi va uning yaqinlari manfaatidan kelib çiqib qilingan iş, xolos», — dedi u.
Akbarovning alohida qayd etişiça, «blogerga oid jinoyat işi apellatsiya instantsiyasi sudida bir kunda körib tugatilmasligi ehtimoli juda yuqori» — sud majlisi bir neça kunga çözilişi mumkin.
«Endi öylang, sudlanuvçining Surxondaryodan Samarqandga ‘etap’ qilinişi, şuningdek, har sud majlisiga Termizdan kelib-ketiş uning yaqinlariga taşviş va çiqim tuğdirişi mumkinmi? Ha. Şu kabi holatlardan kelib çiqib, sud Termizdan ötkazilişi belgilandi, xolos. Nahot şuni tuşuniş uçun katta aql şart bölsa?!», — dedi Sudyalar oliy kengaşi matbuot kotibi.









