Namangan şahar “Qadamjo”, va “Yangi asr” mahalla fuqarolar yiğinlarida sudyalar tomonidan mazkur mahallalardagi har bir notinç oilani yaraştiriş va oiladagi notinçlik oqibatida huquqbuzarliklar va jinoyatlar kelib çiqişini oldini oliş hamda xotin-qizlarga oilaviy zöravonlik qiliş holatlarini oldini oliş çoralari mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Asosiy qonunimiz bölgan Konstitutsiyamizning 63-moddasida Oila jamiyatning asosiy böğini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida böliş huquqiga ega ekanligi alohida eʼtirof etilgan.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratişga oid işlar böyiça qonunçilikni qöllaş amaliyoti töğrisida”gi qarorida sudlarga oilani mustahkamlaş, er-xotinlar va ular farzandlarining qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini himoya qilişdan kelib çiqqan holda nikohdan ajratiş haqidagi işlarni fuqarolik işlarining eng muhim turkumlaridan biri deb hisoblaş va bunday işlarni körişga eʼtiborni kuçaytiriş majburiyati yuklatilgan.
Yoş oilalarning va voyaga yetmagan farzandlari bölgan er-xotinlarning nikohlarini mustahkamlaşga va ularning barqarorligini saqlab qolişga sudlarning alohida eʼtiborlarini qaratişlari lozim.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi respublika sudlarining faoliyatini Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib çiqqan holda oilani har tomonlama himoyalaşga, bolalarni Vatanga va oilaga sadoqat ruhida ijtimoiy tarbiyaga mos holda, oila va jamiyat oldida javobgarlik hissida tarbiyalaşga qaratilganligini taʼkidlaydi.
Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40-moddasi talabiga köra, nikohdan ajratiş haqidagi işlar sudda er yoki xotinning arizasiga binoan daʼvo işlarini hal qiliş uçun belgilangan tartibda köriladi.
Nikoxdan ajratiş haqidagi işni körişda sud er-xotinni yaraştiriş va oilaviy vaziyatni soğlomlaştiriş çoralarini körişga majbur.
Er-xotinni yaraştiriş çoralarini körişda sud taraflarning yoki ulardan birining iltimosiga yoxud öz taşabbusiga köra işning körilişini boşqa vaqtga qoldirişga va er-xotinga yaraşişlari uçun Oila kodeksining 40-moddasida körsatilgan doirada, yaʼni olti oygaça bölgan muhlat belgilaşga haqli.
Sud yaraştiriş uçun berilgan muddatda, er-xotinni yaraştiriş maqsadida ajrim nusxalarini ular yaşaydigan hududdagi mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimiga, mahalla fuqarolar yiğiniga muhokama qiliş va yaraştiriş uçun yuborişi lozim.
Namangan viloyati sudi nikohdan ajratiş haqidagi işlarni körişda aynan mana şu tamoyillarga asoslangan holda hamda Namangan viloyati, tuman va şahar hokimliklari, mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlari va m.f.y faollarni bilan hamkorlikda iş yuritmoqda.
Namangan şahrida bir qator huquqiy tadbirlar ötkazildi. Ajraliş arafasida turgan köplab er-xotinlarni yaraştirişga erişilgan. Ammo nikohdan ajraliş holatlari kamaymagan. Bu borada hamkorlikdagi işlarimizni yanada kuçaytirişimiz va asosiy eʼtiborni oilalardagi muhitni yaxşilaşga qaratişimiz lozim.
Şu bilan birga er-xotinlarlarga nikoh şartnomasini tuzişlarini yuzasidan maslahatlar berildi. Nikohlanuvçi şaxslarning yoki er va xotinning nikohda bölgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovçi kelişuvi nikoh şartnomasi deb hisoblanadi.
Mazkur şartnomani tuziş orqali er-xotin özining mulkiy huquqlari himoyasini kafolatlaydi. Nikoh şartnomasining tuzilişi nikoh tugatilgandan keyin ham sobiq er-xotinlar örtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga solişda muhimdir. Yaʼni, şartnomada mulkiy munosabatlarga oid qoidalarning batafsil aks ettirilişi keyinçalik yuzaga keladigan mulk bilan boğliq nizolar, kelişmovçiliklarni sudgaça, tinç yöl bilan hal etiş imkoniyatini yaratib, sudlaşib yurişning oldi olinadi.
Oxirgi vaqtlarda jamiyatimizda köplab ayollarni oilaviy zöravonlikka uçraş holatlari kuzatilmoqda. Özbekiston Respublikasining 02.09.2019 yildagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi qonunida oilaviy zöravonlik deganda nafaqat jismoniy zöravonlikni, balki jinsiy, iqtisodiy ruhiy va maʼnaviy zöravonlik ham nazarda tutilgan.
Özbekiston Respublikasi JKning 109, 105, 104-moddalarida qasddan badangan yengil, örtaça oğirlikdagi, oğir va öta oğir tan jarohatlari yetkazganlik uçun tegişli jazo çoralari belgilanganligini. JKning 103-moddasida esa şaxsni özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş uçun ham qatʼiy jazo çoralari belgilanganligini, bunday harakatlar şaxsni qörqitiş, unga rahmsiz muomala qiliş yoki uning şaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravişda kamsitiş natijasida sodir qilinmoqda.
Viloyatimizda oilaviy zöravonlikga uçragan xotin-qizlarning hisobi olib borilmoqda. Ularga huquqni muxofaza qiliş idoralari (IIB) tomonidan himoya orderlari berilib, moddiy, maʼnaviy va psixologik yordamlar körsatilmoqda.
Oçiq muloqot çoğida fuqarolardan kelib tuşgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati raisi Abduraxmon Safayev










