Oila – muqaddas dargoh. Birgina şu «muqaddas» sözi oilaga bölgan munosabatimizni töla anglatadi. Zotan, millatning ertangi kuniga dastlab oilada poydevor qöyiladi, unda hayotning davomiyligini taʼminlovçi avlod şakllanadi. Yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning tub mohiyatida inson va uning manfaatlari ustuvor ekan, közlangan maqsadga erişişda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan oilaning örni beqiyosdir.
Jamiyatdagi har qanday illatga qarşi kuraşni oiladan boşlasakkina uni ildizi bilan quritiş mumkin. Huquqbuzarlik, jinoyatçilik, korruptsiya kabi illatlarga qarşi kuraş qançalik keng kölam kasb etmasin, natija maqtanarli emas. Aslida har bir inson oilada ularga qarşi immunitet bilan tarbiya topsa – olam guliston, öz-özidan barham topib ketadi.
Özbekistonda xotin-qizlar va bolalarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşirişga katta eʼtibor qaratilmoqda, onalik va bolalikni himoya qiliş uçun keng kölamli işlar qilinyapti, biroq şu bilan bir qatorda, mazkur sohadagi işlar tahlili oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxşilaşda qator kamçilik va tösiqlar ham közga taşlanayotganidan darak bermoqda.
Tadqiqotlarning körsatişiça, maişiy zöravonlik jabrdiydalarini ham, oila aʼzolariga nisbatan kuç işlatadigan şaxslarni ham maʼlumoti yoki ijtimoiy maqomi böyiça ajratib bölmaydi. Maişiy zöravonlik holati yuqori iqtisodiy maqomga ega bölgan oilalarda ham, kam taʼminlangan oilalarda ham birday namoyon böladi. Qolaversa, moddiy taʼminoti yuqori bölgan oila aʼzolarining bu vaziyatdan çiqiş uçun yordam söraşi nisbatan murakkabroq ekani aniqlangan va ular yillar davomida zöravonlikka çidab keladi.
Maʼmuriy hududlarda yaşovçi ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bölgan oilalarni öz vaqtida aniqlab, ularga ijtimoiy, huquqiy va maʼnaviy jihatdan yordam körsatiş, huquqbuzarlik sodir etişga moyil şaxslarni öz vaqtida aniqlab, ular bilan manzilli profilaktika işlarini taşkil etiş, har bir sodir etilgan huquqbuzarlikning sabab va şaroitlarini çuqur örganiş va tahlil qiliş maişiy zöravonlikning oldini oliş borasidagi muhim qadam hisoblanadi.
Heç kim jinoyatçi bölib tuğilmaydi. Jinoyatçilik nosoğlom maʼnaviy-ruhiy muhit taʼsirida vujudga keladi. Sodir etilayotgan ayrim jinoyatlarni tahlil etadigan bölsak, oiladagi notinç muhit ota va öğil örtasida nizo kelib çiqişiga sabab bölgan va öğilning otaga qarata: «Menga aql örgatmang» degan jahlomuz aytilgan sözi ota tomonidan farzandning piçoqlanişiga sabab bölgan. Bu oilada tarbiyaning zaifligi, ota-onalarning öz muammolari sababli kelişolmay, oilada nosoğlom muhit yaratgani va farzand tarbiyasiga masʼuliyatsizlik bilan qarayotganidan dalolat beradi,
Farovon oilani bunyod etişda Kanada tajribasi keng eʼtirof etilgan. Nima uçun? Çunki, Kanada davlatida oiladagi huquqiy profilaktika böyiça bir yilda ellikdan ortiq hujjatli film, video-roliklar olinadi. Agar bizning yurtimizda ham maişiy turmuş doirasidagi huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid videofilm, reklama va boşqa materiallar tayyorlanib, OAVda muntazam ravişda namoyiş etilsa, bu oilalarda soğlom maʼnaviy muhit qaror topişiga öz taʼsirini körsatmay qolmaydi.
B.Obidov
Jinoyat işlari böyiça
Pop tuman sudining sudyasi









