Xotin-qizlarga nisbatan oilaviy zöravonlikni oldini oliş zarur

Xotin-qizlarga nisbatan oilaviy zöravonlikni oldini oliş zarur

Oxirgi vaqtlarda jamiyatimizda köplab ayollarni  oilaviy zöravonlikka uçraş holatlari kuzatilmoqda. Oilaviy zöravonlik deganda nafaqat jismoniy zöravonlikni, balki iqtisodiy ruhiy va maʼnaviy zöravonlikni ham nazarda tutiş lozim.

Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 109, 105, 104-moddalarida qasddan badangan yengil, örtaça oğirlikdagi, oğir va öta oğir tan-jarojatlari yetkazganlik uçun tegişli jazo çoralari belgilangan. Qonuning 103-moddasida esa şaxsni özini-özi öldiriş darajasiga yetkaziş uçun ham qatʼiy jazo çoralari belgilangan bölib, bunday harakatlar şaxsni qörqitiş, unga rahmsiz muomala qiliş yoki uning şaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravişda kamsitiş natijasida sodir etiladi.

Jamiyatimizda qonunsiz (şarʼiy) nikohlar asosida yaşayotgan xotin-qizlarga nisbatan oilaviy zöravonlik qiliş holatlari qöproq uçramoqda. Qonunsiz nikoh asosida turmuş qurgan xotin-qizlarning oiladagi huquqlari birmunça çeklangan holda böladi. Bunday xotin-qizlar farzandlariga tuğilganlik guvohnomalarini olişda, uy-joyga bölgan bölgan huquqlarini himoya qilişda, turmuş örtoğining mulkidan meros olişda muammolarga duç kelmoqdalar. Şu sababli xotin-qizlar turmuş qurişda nikohni qonuniy rasmiylaştirişlari lozim böladi.

Şu bilan birga er-xotinlarlarga nikoh şartnomasini tuzişlarini maslahat beramiz. Nikohlanuvçi şaxslarning yoki er va xotinning nikohda bölgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovçi kelişuvi nikoh şartnomasi deb hisoblanadi.

Mazkur şartnomani tuziş orqali er-xotin özining  mulkiy huquqlari himoyasini kafolatlaydi. Nikoh şartnomasining tuzilişi nikoh tugatilgandan keyin ham sobiq er-xotinlar örtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga solişda muhimdir.  Yaʼni, şartnomada mulkiy munosabatlarga oid qoidalarning batafsil aks ettirilişi keyinçalik yuzaga keladigan mulk bilan boğliq nizolar, kelişmovçiliklarni sudgaça, tinç yöl bilan hal etiş imkoniyatini yaratib, sudlaşib yurişning oldi olinadi.

Namangan viloyatida viloyat hokimi tomonidan huquqni muxofaza qiliş idoralari va boşqa manfaatdor taşkilotlar bilan hamkorlikda qabul qilingan “Viloyatda oila munosabatlarini mustahkamlaş va nikohdan ajratiş holatlarining oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşirişda tegişli davlat organlari va jamoat taşkilotlari hamkorligini yanada kuçaytirişga qaratilgan” qöşma qaror imzolangan.

Uşbu qaror oilalarni mustahkamlaş, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qiliş, qonunsiz (şarʼiy) nikohlarni oldini oliş borasidagi işlarimizni samadorligini yanada oşirişga xizmat qilmoqda.

Namangan viloyat, tuman va şahar sudlari tomonidan hokimliklari barça huquqni muxofaza qiluvçi idoralar va boşqa mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda iş yuritmoqda.

Namangan şahridagi “Majnuntol” va Yangi Namangan tumanidagi “Furqat”  MFYlarida ana şunday tadbir ötkazildi.

Tadbirda viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati raisi A.Safayev iştirokçilarga “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi qonunning mazmun- mohiyatini batafsil tuşuntirib, kelib tuşgan savollarga töliq tuşuntirişlar berdi.

Tadbir yakunida viloyat sudi tomonidan işlab çiqilgan maxsus yozma qöllanmalar tarqatildi.

×