Namangan viloyati hokimiyati, viloyat sudi hamda boşqa hamkor idoralar vakillari iştirokida nikohdan ajraliş holatlarini oldini oliş masalasida huquqiy tadbir bölib ötdi.
Tadbirda sudyalar tuman va şahar hokimlarining örinbosarlari, maʼnaviy va marifiy işlar böyiça şöʼba rahbarlari, DXA, FHDYO bölimlari xodimlari, otinoyilar va imom xatiblar, m.f.y xotin-qizlar faollari iştirok etdilar.
Xalqimiz azal-azaldan oilani muqaddas dargoh deb biladi, uni qadrlaydi.

Öz oldiga erkin va demokratik jamiyat quriş ezgu niyatini qöygan mamlakatimizda oilani mustahkamlaşga qaratilgan barça şart-şaroitlar yaratilgan bölib, ular qonun bilan kafotlatlangan.
Asosiy qonunimiz bölgan Konstitutsiyamizning 63-moddasida Oila jamiyatning asosiy böğini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida böliş huquqiga ega ekanligi alohida eʼtirof etilgan.
Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40-moddasi talabiga köra, nikohdan ajratiş haqidagi işlar sudda er yoki xotinning arizasiga binoan daʼvo işlarini hal qiliş uçun belgilangan tartibda köriladi.
Sudlar işlarni körişda tomonlarni yaraştiriş, oilani saqlaş, yaraştiriş çoralarini köriş, farzandlar manfatini himoya qilişda tomonlarga yaraşişi uçun qonunda körsatilgan olti oygaça muhlatni belgilaşmoqda.
2022 yil 1-çoragida bevosita sudyalarning mahalla fuqarolar yiğinlari faollari bilan hamkorlikda olib borgan harakatlar natijasida 45 ta oilalarni yaraştirişga erişilgan.
Viloyat va tumanlararo sudlari tomonidan nikohdan ajratiş işlari har bir tuman va mahalla kesimlarida doimiy tahlil qilib borilmoqda. Xususan joriy yilning 1-çoragi mobaynida Namangan şahri, Çust va Çortoq tumanlari aholisi örtasida nikohdan ajraliş holatlari birmunça köpayligi körsatib ötildi.
Eng açinarlisi, hali endigina turmuş qurgan yoş er-xotinlarning ajralişidir.
Şunday yoş oilalarning ajrimiga ayrim hollarda qaynonalarning sababçi bölayotganligi ham açinarli holatdir. Joylardagi mahalla fuqarolar yiğinlari yaraştiruv komissiyalari ayrim hollarda oilalardagi ajraliş sabablarini çuqur örganmasdan turib, er-xotinni yaraştirişni imkoni yöq degan mazmundagi maʼlumotnomalarni sudga taqdim etiş bilan çeklanmoqdalar.
Nikohni qonuniy tarzda FHDYO bölimlari orqali rasmiylaştirmasdan qonunsiz turmuş quriş holatlari ham uçramoqda.
Oqibatda nikohini qonuniy tarzda rasmiylaştirmagan ayollar keyinçalik şarʼiy turmuş örtoğiga nisbatan otalikni belgilaş, farzandi taʼminoti uçun aliment undiriş, uy-joy va boşqa oilaviy masalalarni hal etişda qiyinçiliklarga uçramoqdalar.
Açinarlisi, ayrim mahalla fuqarolar yiğinlarining maslahatçilari öz hududlarida yaşayotgan ayrim oilalar örtasida kelib çiqayotgan nizolardan xabardor ham bölmaganlar. Er-xotinlar örtasidagi ajraliş sabablari örganib, ularni yaraştiriş çoralarini yetarli darajada körmaganlar.
Bundan taşqari, oiladagi notinçlik oqibatida huquqbuzarliklar va jinoyatlar kelib çiqayotganligini, bu borada ham tegişli profilaktik işlarni kuçaytirişimiz, farzandlarimiz tarbiyasiga masʼul bölişimiz, ularni turli ekstremistik oqimlar girdobiga tuşib qolmasliklaridan saqlaşimiz lozim.
Şuningdek, tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qöllab-quvvatlaşga doir işlarni yanada jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-87 sonli Farmonining mazmun va mohiyati yuzasidan iştirokçilarga atrofliça tuşuntirişlar berildi.
Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati raisi
Abduraxmon Safayev









