Özbekistonliklar uçun "Umra-2022" narxi qimmatlaşgani tasdiqlandi

Özbekistonliklar uçun "Umra-2022" narxi qimmatlaşgani tasdiqlandi

Kuni keça “Haj” va “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş masalalari böyiça Jamoatçilik kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.

Unda Umra tadbiri bilan boğliq taşkiliy jarayonlar Jamoatçilik kengaşi qaroriga asosan yuqori darajada amalga oşirilayotgani, Makka va Madina şaharlarida yurtdoşlarimiz uçun yaratilgan şart-şaroitlar, körsatilayotgan xizmat sifati hamda bu boradagi faoliyatni yanada takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, Kengaş yiğilişida “Umra-2022” Ramazon mavsumiga tayyorgarlik köriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar xususida ham fikr almaşildi.

Jumladan, hozirgi kunda muborak Ramazon oyida umra ziyoratini yuqori saviyada taşkil etiş böyiça hamkor şirkat masʼullari bilan özaro muloqot olib borilgani, xususan, Ramazon va Şavvol oylari uçun yangi şartnoma loyihalari işlab çiqilgani, bunda ziyoratçilarga xizmat körsatiş sifatini yuqori saviyada taşkil etiş masalasiga alohida eʼtibor qaratilgani qayd etildi.

Öz navbatida, hamkor şirkat tomonidan Saudiyada karantin talablari yumşatilgani sababli dunyo mamlakatlaridan umra ziyoratiga keluvçilar sonining keskin oşib ketişi, bu esa mehmonxona ijarasi narxining sezilarli kötarilişiga sabab bölişi, transport, oziq-ovqat, viza tölovlarini hisobga olgan holda har bir ziyoratçi uçun belgilangan tölov summasiga qöşimça tölov qilinişi maʼlum qilingani aytildi.

Muloqotda Soğliqni saqlaş vazirligi, “Nuroniy” jamğarmasi, Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi masʼullari sözga çiqib, yiğilişda bildirilgan masalalar yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirib, Umra mavsumi namunali, tartibli va yuqori saviyada taşkil etilayotgani, barça taşkiliy işlar inson manfaati uçun qilinayotganini taʼkidladilar.

Yiğilişda bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar inobatga olinib, tegişli qarorlar qabul qilindi.

×