Tahlillarga ixtisoslaşgan Gartner kompaniyasi 2022 yilda dunyo böylab axborot texnologiyalariga qaratilgan xarajatlar oşişini maʼlum qildi. Körsatkiç 5,1 foizga ösişi kutilmoqda.
Eng köp mablağ telekommunikatsion xizmatlarga sarflanadi. Keyingi örinda IT-xizmatlar turibdi. 2023 yilda uşbu xarajatlar yanada kötarilişini başorat qilişyapti.
Joriy yilda maʼlumotlar markazlari uçun tizimlar savdosi 4,7 foizga oşib, 226 milliard dollarni taşkil etadi. 2023 yilda 4,7 foiz ösiş kutilyapti.









