Özbekistonliklar 18 yoşni nikoh uçun erta deb hisoblamoqda

Özbekistonliklar 18 yoşni nikoh uçun erta deb hisoblamoqda

Özbekistonliklar 21—25 yoşni ham qizlar, ham yigitlar uçun oila qurişga eng yaxşi yoş deb hisoblamoqda. Bu haqda «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan ötkazilgan sotsiologik tadqiqotga tayanib, ÖzA xabar berdi.

«Erta nikohlar, ularning sabab va oqibatlari töğrisida özbekistonliklarning fikri» mavzusidagi tadqiqot özbekistonliklarning mazkur voqelikka munosabati bilan boğliq masalalarni örganiş imkonini bergan. Sörov natijalariga köra, respondentlarning 18 yoş – erkaklar uçun ham, ayollar uçun ham qonun bilan belgilangan nikoh yoşi ekanidan xabardorligi örtaça darajada ifodalangan.

Özbekistonliklar 21—25 yoşni ham qizlar, ham yigitlar uçun oila qurişga eng yaxşi yoş deb hisoblamoqda. Boşqaça aytganda, respondentlarning fikriga köra, yoşlarning nikohga kiriş vaqtini keçiktirişlari ularga maʼlumot oliş yoki kasb-hunar egallaş, moddiy mustaqil bölişga imkon beradi.

Telefon sörovi, umuman olganda, erta nikoh odatda erta yoş orqali aniqlanişi haqidagi töğri tasavvurni aniqlab bergan. Ayni paytda respondentlarning 18 yoş ham qizlar, ham yigitlar tomonidan nikoh tuzilişi uçun erta yoş hisoblanişiga işonçlari komil.

Respondentlarning fikriga köra, ayol uçun erta nikohga kiriş va buning natijasida barvaqt homiladorlik va tuğiş uning salomatligiga salbiy taʼsir körsatadi, jumladan, qizlarga hayotning turli sohalarida özini namoyon qilişi uçun imkoniyatlar va taʼlim olişni çeklaydi.

Ötkazilgan sörov erta nikohlar sabablarini aniqlaş imkonini bergan. Ular orasida:

  • ota-onalarning öz farzandlari oilaviy hayotini tezroq yölga qöyişga intilişi — 48,1 foiz;
  • lozim darajadagi tarbiyaning mavjud emasligi va yoşlarning reproduktiv salomatlik masalalarida savodsizligi — 25,9 foiz;
  • foydali nikoh hisobidan özining moddiy ahvolini önglaş istagi — 22,5 foiz;
  • rejalaştirilmagan homiladorlik 15,2 foiz va hokazolar bor.

Özbekistonliklar erta nikohlarning salbiy oqibatlari sifatida quyidagilarni körsatgan: ehtimoliy ajrimlar (49,6 foiz), xotin-qizlarning reproduktiv salomatligi va bolalar salomatligiga salbiy taʼsir (44,8 foiz), ehtimoliy maişiy zöravonlik (19,5 foiz) va hayotning turli sohalarida özini namoyon qiliş imkoniyatiga salbiy taʼsir (17,5 foiz).

×