Mark Tsukerbergning aytişiça, NFT Instagramga qöşiladi. South By Southwest konferentsiyasida texnologiya «bir neça oy içida» amalga oşirilişi haqida xabar berildi.
Metaning Instagramga NFTni qöşiş istagi haqidagi miş-mişlar uzoq vaqtdan beri mavjud edi. Yanvar oyida Facebook va Instagram jamoalari NFT integratsiyasi ustida işlayotgani maʼlum böldi. NFTlarni profil rasmlari sifatida işlatişga ruxsat beriş va platformada NFTlarni çiqariş, şuningdek, bozor yaratiş muhokama qilindi.
Avvalroq Tsukerberg NFTlarni metaborliqda avatar kiyimi sifatida işlatiş imkoniyati haqida gapirgan edi. South By Southwest da esa NFTni metaborliqqa kiritiş uçun köp narsalar texnik qayta işlanişi kerakligini taʼkidladi. Birinçidan, Meta obʼekt platformalar böylab yaxşi integratsiyalanganligiga işonç hosil qilişi kerak. Bundan taşqari, metaborliqning özi nosozliklarsiz işlaşi lozim.
NFT lar yoki özgartirilmaydigan tokenlar sizga noyob raqamli obʼektlarning egalik huquqini sotib oliş, sotiş va blokçeyn yordamida kimga tegişli ekanligini kuzatiş imkonini beradi. NFTlar har qanday raqamli sanʼat, jumladan çizmalar, animatsion GIFlar, qöşiqlar yoki video öyinlardagi elementlar bölişi mumkin.









