Bugun, 21 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirmançi yalpi majlisida “Ijtimoiy tadbirkorlik töğrisida”gi Qonun körib çiqildi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar berdi.
Senatorlar tomonidan Qonunda qayta körib çiqilişi lozim bölgan bir qator normalar mavjudligi, xususan, unda nazarda tutilayotgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari amaldagi boşqa qonunlarda belgilangan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga nomuvofiqligi qayd etildi.
Qayd etilişiça, “Keksalar, nogironlar va aholining boşqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uçun ijtimoiy xizmatlar töğrisida”gi Qonunning 6-moddasi va “Aholi bandligi töğrisida”gi Qonunning 38-moddasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari belgilangan. Biroq undagi quyidagi toifalar “Ijtimoiy tadbirkorlik töğrisida”gi Qonunda körsatilmagan.
Jumladan, Qonunda ön tört yoşga tölmagan bolalari, nogironligi bölgan bolalari bor yolğiz otaga yoki onaga, şuningdek köp bolali oilalar ota-onalari, Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati qöşinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan böşatilgan şaxslar, pensiyaoldi yoşidagi şaxslar, jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga köra öziga nisbatan tibbiy yösindagi majburlov çoralari qöllanilgan şaxslar va odam savdosidan jabrlanganlar öz aksini topmagan.
Qonunning 12-moddasida tadbirkorlik subʼektlarining ijtimoiy korxona mezonlariga mos kelişi ularning soliq hisobotlarini örganiş orqali soliq organlari tomonidan aniqlanişi, 17-moddasida olingan foydaning kamida uçdan ikki qismi uşbu qismda belgilangan maqsadlar uçun yönaltirilganligi ijtimoiy korxonaning soliq hisobotlariga asosan aniqlanişi nazarda tutilmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 24 fevralda 3221-son bilan röyxatdan ötkazilgan “Soliq hisobotining şakllarini tasdiqlaş töğrisida”gi Davlat soliq qömitasining qarori bilan soliq va boşqa hisobotlar şakllari tasdiqlangan bölib, ular orqali tadbirkorlik subʼektlarining ijtimoiy korxona mezonlariga mos kelişi hamda olingan foydaning kamida uçdan ikki qismi belgilangan maqsadlar uçun yönaltirilganligini aniqlaşning imkoni mavjud emas.
Bu esa kelgusida amaliyotda soliq organlari tomonidan hisobotlarni qabul qiliş, ijtimoiy korxonalar reyestriga kiritiş yoki reyestrdan çiqarişda turli xil muammolar hamda nomuvofiqliklarni keltirib çiqarişi mumkin.
Şuningdek, Qonunning 15-moddasida mehnat şartnomasi (kontrakt) böyiça işlayotgan şaxslar iş haqi miqdorini qonunçilikka köra mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan kam bölmagan miqdorda belgilaş, ular bilan öz vaqtida hisob-kitob qiliş, şuningdek iş beruvçi sifatida özining fuqarolik javobgarligini suğurta qiliş, mehnatni muhofaza qiliş hamda texnika xavfsizligi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonunçilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etiş ijtimoiy korxonalar majburiyatlari sifatida keltirilgan.
Xuddi şu normalar “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi Qonunning 9-moddasida, qolaversa, Mehnat kodeksi va boşqa amaldagi qonunçilik hujjatlarida ham öz ifodasini topgan.
Şu munosabat bilan amaldagi qonunlarda mavjud normalarni takroran belgilaş qançalik töğriligini örganib çiqiş hamda özaro muvofiqlaştiriş talab etiladi.
Qonunning 17-moddasida soliq va bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar berilişi, davlat köçmas mulk obʼektlarini qonunçilikda belgilangan tartibda imtiyozli asosda ijaraga beriş, soddalaştirilgan moliyaviy va soliq hisobotlari, bepul reklama qiliş uçun efir vaqti, naşr yoki reklama maydoni ajratiş, davlat buyurtmaçilariga töğridan-töğri şartnomalar böyiça ijtimoiy tovarlarni realizatsiya qiliş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş hamda boşqa imtiyoz va preferentsiyalar berilişi, 18-moddasida Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy loyihalarni davlat byudjeti mablağlari hisobidan qaytarilmaydigan asosda subsidiyalaşni amalga oşirişi belgilangan.
Uşbu imtiyoz va preferentsiyalarni belgilovçi normalar tovar va moliya bozorlaridagi raqobat muhitiga özining salbiy taʼsirini körsatişi mumkinligini inobatga olib, mazkur normalarni qayta körib çiqiş maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.
Qayd etilişiça, Prezidentning 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturida tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq normativ-huquqiy hujjatlarni qayta körib çiqib, Tadbirkorlik kodeksi loyihasini işlab çiqiş belgilangan.
Uşbu Farmon talablaridan kelib çiqib, ijtimoiy tadbirkorlik bilan boğliq munosabatlarni alohida qonun şaklida emas, balki işlab çiqiladigan Tadbirkorlik kodeksi loyihasida közda tutiş masalasini örganib çiqiş ayni muddaodir.
Qonun aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini iş örinlari, ijtimoiy tovarlar va ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlaş hamda favqulodda vaziyatlarga qarşi kuraşiş, ularning oqibatlarini bartaraf etişga qaratilgan ijtimoiy tovarlarni işlab çiqariş, işlarni bajariş hamda xizmatlar körsatişni nazarda tutganligini inobatga olib, uni çuqurroq qayta tahlil qiliş, sohadagi ilğor xorijiy davlatlar tajribasini örganiş lozim deb topildi.
Yuqoridagilarga asoslanib, senatorlar tomonidan “Ijtimoiy tadbirkorlik töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini qayta körib çiqiş maqsadga muvofiqligi töğrisida qaror qabul qilindi.









