Çopqi bilan qörqitib olib qoçilgan “Spark”

Çopqi bilan qörqitib olib qoçilgan “Spark”

Namanganda çopqini namoyiş qilib, Spark egasini öldiriş bilan qörqitib, avtomaşinani bosqinçilik yöli bilan olib qoçganligi aniqlangan

Namangan viloyati. Joriy yilning 20 mart kuni soat 15:45 larda 34 yoşli Yu.Yo. mast holda Namangan tumanida joylaşgan “Sarbon” nomli oşxonaning avtomaşinalar turargohda 28 yoşli tanişi Yu.X.,ni “Spark” rusumli avtomaşinasini körib qolib, avtomaşinani olib qoçmoqçi bölganida, unda yölovçi sifatida ötirgan 31 yoşli T.J.ni körib qolib, unga avtomaşinadan tuşişni talab qilib, avtomaşinani olib ketişini aytganida T.J. uning jinoiy harakatlarini oldini olişga harakat qilgan vaqtida Yu.Yo. qölida bölgan çopqini namoyiş qilib, uni öldiriş bilan qörqitib, avtomaşinani bosqinçilik yöli bilan olib qoçganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv işlari natijasida Yu.Yo. avtomaşinani Namangan tumani Xonobod MFY hududida boşqarib ketayotgan vaqtida Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan töxtatilib, undan “Spark” rusumli avtomaşina hamda avtomaşina salonida bölgan 1 dona çopqi aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Yu.Yo.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 3-qismi “v” bandi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, önga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzdagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Mazkur jinoyatning kelib çiqiş sababi örganilganida, tergov davomida qonunbuzar bilan olib borilgan tergov harakatlari natijasida, Yu.Yo. bilan jabrlanuvçining örtasida avvaldan kelişmovçilik bölganligi, u tanişining avtomaşinasini olib qoçib, şu tarzda uni yalintirib, keçirim söraşga majbur qilmoqçi bölganligi maʼlum böldi.

Tergov davom etmoqda.

×