Fast-fud sabab 10 oylik çaqaloqning içagi olib taşlandi

Fast-fud sabab 10 oylik çaqaloqning içagi olib taşlandi

Toşkent şahrida lavaş va kartoşka-fri yedirilgani uçun içagi çirigan 10 oylik çaqaloq operatsiya qilindi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.

Qayd etilişiça, olis viloyatdan Toşkent şahriga kelayotgan ona yöldan tuşlik uçun lavaş va qovurilgan kartoşka sotib olgan. Ona yiğlab, xarxaşa qilgani uçun öziga olgan fast-fudni oğzida çaynab 10 oylik çaqaloğiga ham yedirgan. Oradan maʼlum vaqt ötib, gödakning ahvoli oğirlaşgan.

Şifokorning bildirişiça, çaqaloqda köp marotaba qayd qiliş, içidan qon ketiş, qorni dam böliş va doimiy oğriqlar kuzatilgan. Endi içak çirişi oqibatida bir neçta operatsiya bajarilişi kerak. Xususan, birinçi bosqiçda çirigan qism olib taşlangan va içak stomasi çiqarib qöyilgan. Uşbu stoma bilan çaqaloq 6 oyça yaşab turadi, keyin yana operatsiya qilinadi va içak tiklanadi.

Şuningdek, şifokorning aytişiça, çaqaloqlarga boşqa, masalan dumba yoki köksomsa berilganda ham ayançli holatlar yuz bergan. Aslida esa 3 yoşgaça bölgan bolalarni ona suti bilan oziqlantiriş töğri böladi. 1 yoşdan ötgandan keyin esa qöşimça ozuqa beriş mumkin.


×