Xitoyda koronavirusning pandemiya boşlanganidan beri eng kuçli avj olişi kuzatilmoqda, bu asl “omicron”dan tezroq tarqalayotgan “stealth-omicron” (stels-omikron) bilan boğliq. Bu haqda “Interfaks” yozmoqda.
Joriy hafta boşida Xitoy rasmiylari mamlakatning önlab şaharlarida 1337 ta yangi koronavirus holati haqida xabar bergan. Infektsiyalarning aksariyati – 895 holat Tszilin provintsiyasida aniqlangan.
Şuningdek, 13 mart kuni karantin joriy etilgan mamlakat janubidagi Şençjen şahrida 75 ta yangi holat, Şanxayda esa 41 ta yangi holat aniqlangan.
Xitoyda kasallaniş mart oyining boşida ösişni boşlagan. Aksariyat hollarda BA.2 ştammining “stealth-omicron” nomi bilan tanilgan varianti aniqlanmoqda, u asl “omicron”dan tezroq tarqaladi.
Xitoy COVID-19 ga nisbatan “nol bardoşlik” siyosatiga ega bölgan dunyodagi kam sonli davlatlardan biri bölib qolmoqda. Bu virus tarqalişini qattiq lokdaunlar va kasallangan fuqarolar bilan aloqada bölganlar uçun majburiy karantin orqali çeklaşni anglatadi.
Bu siyosat Pekinda 2022 yil 4-20 fevral kunlari bölib ötgan 24-qişki Olimpiya öyinlariga tayyorgarlikning bir qismi edi, biroq rasmiylar uni öyinlar tugaganidan keyin ham davom ettirişga qaror qilgan.
Xitoyda pandemiyaning butun davri mobaynida 124 mingdan ortiq koronavirus infektsiyasiga çaliniş holati aniqlangan va kasallik oqibatlaridan 4,6 mingdan ortiq bemor vafot etgan.









