Özbekiston Ukraina şarqida joylaşib olgan separatistlar nazoratidagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olmaydi. Bu haqda Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun, 17 mart kuni Oliy Majliya Senatining 24-yalpi majlisida aytib ötdi.
Vazirning qayd etişiça, Ukraina atrofidagi vaziyat Özbekistonda jiddiy xavotir uyğotmoqda. Rasmiy Toşkent vaziyatga tinç yöl bilan yeçim topiş va mojaroni siyosiy diplomatik vositalar yordamida hal qiliş tarafdori. Buning uçun, birinçi navbatda, harbiy harakatlar, zöravonliklar zudlik bilan töxtatilişi zarur.
“Özbekiston tarixan ham Rossiya Federatsiyasi bilan, ham Ukraina bilan anʼanaviy köp qirrali aloqalarga ega. Va biz har ikki mamlakatlar bilan öz milliy manfaatlarimizdan kelib çiqqan holda özaro manfaatli hamkorlikni davom ettiramiz”, degan vazir Komilov.
U bugungi oğir kunlarda Özbekiston Ukrainaga gumanitar yordam körsatişini va hozirgi oğir vaziyatni inobatga olib gumanitar yordam yuborişda davom etişini qayd etgan.
Öz navbatida, vazir Özbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olişini hamda Donetsk va Lugantsk xalq respublikalarini tan olmasligini urğulagan.









