Özbekiston ölikxonalarida murdalar sotiladimi?

Özbekiston ölikxonalarida murdalar sotiladimi?
Atrofimizda faoliyati muhim, lekin biz buni yaxşi bilmaydigan kasb egalari köp. Ular ham jamiyatimizning bir qismi. Biroq gohida ayrim insonlar ular bilan muloqot qilgani or qiladi. Uyaladi! Ammo ular ham odam. Inson! Ularning ham köngli, his- tuyğulari bor. «Daryo» ijtimoiy hayotda öz örniga ega, biroq jamoatçilik eʼtiboridan köpinça çetda qoladigan kasb egalari bilan suhbat qildi. Loyihaning bu galgi qahramoni sud ekspertiza xizmatida işlayotgan kişi.
Uning iltimosiga köra, ism şarifi hamda şaxsini oşkor etişi mumkin bölgan boşqa maʼlumotlar özgartirildi.
Sud ekspertiza xizmatida 25 yildan buyon işlayman. Kasbimiz tibbiyot va huquq tartibot organlari faoliyati bilan boğliq. Şuning uçun ham boşimizmojarolardan çiqmaydi. Oldimizga muştlaşib jarohat olganlardan tortib,jinsiy zöravonlik, qizlarda bokiralikni aniqlaş, qotillik, xullas, tergovgaaloqador bölganlarning barçasi keladi. Aytaylik, kimdir tan jarohati oldim deb militsiyaga bordi yoki kasalxonaga yotib oldi. Şunday paytda tergovçi yoki uçastka noziri u simulyatsiya qilyaptimi yoki haqiqatdan ham jarohat olganligini aniqlaş uçun bizga sörov yuboradi. Agar unda jarohat bölsa, özi aytganday holatdami, vaqtdami, jarohat nima bilan yetkazilgan va uning oğirlik darajasi qandayligini tekşiramiz.  Ehtimol arizaçi tuhmat qilyotgandir? Şunday holatlar borki, men palonçidan homilador bölib qoldim yoki bolam mana bundan, menga aliment tölasin, deb sudga ariza beradi. Şunga öxşaş  muammoli vaziyatlarda ekspertizalar tayinlanadi. Qisqa qilib aytganda, kasbimizning masʼuliyati juda oğir. Ekspert bergan xulosaga qarab, gumonlanuvçi jinoiy yoki maʼmuriy jazoga tortilişi mumkin. Faktlar misolida aytadigan bölsam, 2018 yilda 29 mingga yaqin ekspetiza ötkazdik. Şulardan 1321 tasi murdalar, 16389 tirik şaxs va qolgani laboratoriya tekşiruvlaridir. Morg — sud ekpertiza xizmatining eng muhim yönalişi hisoblanadi Bu yerda zöraki yoki gumonlangan barça öliklar eskpertizadan ötkaziladi. Aniqroq aytadigan bölsam, zöraki ölimlar taşqi taʼsir natijasida yuz beradi. Yaʼni özini osiş, qotillik, avtohalokat yoki elektr urib öladimi, xullas,  ajali bilan vafot etmagan barça murdalar tekşiriladi. Inson işga deb ertalab çiqib ketib yölda yoki çoyxonada örtoqlari bilan ötirganda va yo darsda ötirgan öquvçi tösatdan vafot etsa, birov buni zaharlab qöymadimi, böğib qöymadimi, ehtimol ana şu joyda qandaydir janjal bölgandir-u balki yaşirişayotgandir? Ana şu paytda zöraki ölimga gumon böladi. Ölim sababini aniqlaş uçun ham murdalar ekspertizaga olib kelinadi. Yana bir holat kasalxonada bemor kasalligi natijasida vafot etsa-yu, marhumning qarindoş-uruğlari tibbiyotga nisbatan şikoyat eʼtirozi bölsa, bunday holatda ham murda ekspertizadan ötadi. Yoki ölgan çaqaloq murdasi topilsa, onasi kim, u qaçon tuğilgan, ölikmi yoki tirik tuğilganmi, tirik bölsa neça soat yaşagan, ölimdankeyin çaqaloqqa parvariş bölganmi yoki yöqmi—şuni aniqlaymiz. Bola bilan boğliq holatlarda 2 ta jihatga alohida eʼtibor beriladi. Masalan, agar ona bolasini tuğib bir sutka içida öldirsa, bu bola öldiriş yoki keyin öldirsa qasddan öldiriş hisoblanadi. Birinçi holatda qasddan öldirişga nisbatan yengilroq jazo qöllaniladi. Nima uçun axir ikkisida ham bola ölyapti-ku, deyişingiz mumkin. Lekin bizning qonunçiligimizda mentalitet, insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib çiqib şunday yengillik berilgan. Yaʼni tuğruqni boşdan keçirgan ona öşa paytda öz xatti-harakatlariga töliq javob bera olmaydi. Şuning uçun ham eskilar «Tuğgani ketayotgan ayol ikki yölning orasida böladi»,— deyişadi. Murdalar qanday tekşiriladi? Murdalarni tekşirişning öziga xos usullari bor. Ölik qança erta, yaʼni çiriş jarayoni boşlanmasdan olib kelinsa, şunça tez aniqlaymiz. Bolalar murdasini tekşirişning öz «formulasi» bor. Masalan, çaqaloqning tirik yoki ölik tuğilganini aniqlaş uçun öpkasi suvga solinadi. Nafas olgan öpka bölsa suvgaçökmaydi. Ölik tuğilgan bölsa – çökadi. Keyin çaqaloqning ölçamlariga qarab ham köp narsani aniqlaş mumkin. Xullas, bola nimadan ölganini aniqlaşningyöllari köp. Murdalar belgilangan ekspertlar va texnik yordamçi bilan birga 3 xil usulda yorib köriladi, yaʼni uning kalla, kökrak qafasi va qorin böşliği oçiladi. Agar murdaning giyohvandligiga gumon bölsa, içki aʼzolardan parçalar olinadi. Kerakli tekşiruvlar ötkazilgandan keyin yana aʼzolar öz joyiga qöyib qöyiladi. Jarayon kamera orqali  kuzatib turiladi, lekin uning maʼlumoti heç qayoqqa çiqmaydi. Faqat tergovçining ruxsati bilan beriladi. Tergov siri oşkor qilinmaydi. Avvallari özini osişlar asosan mavsumga qarab bahor va kuzda köp kuzatilardi. Hozir esa odamlar mavsumga ham qaramay qöydi. Qasddan odam öldiriş kamaygan. Oxirgi paytda avtohalokat tufayli va yoz bölgani uçun suvda çökkanlar köp olib kelinyapti.  Mana bugun ham morgga 3 ta ölik keldi, barçasi avtohalokatda halok bölgan. Murdalar uzoği bilan 1 haftagaça saqlanadi. Soğliqni saqlaş vazirligining öliklar böyiça yöriqnomasi çiqqan. Murdalar aslida prokuror ruxsat berguniça saqlanişi kerak. Lekin özbekçilik, mentalitet deymiz. Ölikni tekşirib bölişimiz bilanoq, yaqinlariga berib yuboramiz. Şaxsi nomaʼlum öliklar bölsa, muzlatkiçlarda yozni kunida 3 kun, qişda esa 1 haftagaça saqlanadi. Prokuror ruxsat bersa heç kimi yöq, şaxsi nomaʼlum murdalarni kömadigan Fuqarolarga xizmat körsatiş byurosi bor. Ular bilan boğlanamiz. Har bir murda uçun belgilangan summa (taxminan 140 ming söm) taşkilot hisob raqamiga ötkaziladi. Keyin ular mayitni olib ketib özlari kömişadi. Morgda öliklar sotilmaydi Odamlar orasida ölikxonada murdalar sotiladi yoki ulardan öz maqsadlarida foydalanişadi degan har xil miş-mişlar yuradi. Mana şu qaraşlar işimizdadoim xalaqit beradi. Masalan, mayit ekspertizaga olib kelinganda uning yaqinlari tekşirişga ruxsat bermaydi. «Yöq, ölikni yormaysan, soğ aʼzolarini olib qolasan», deb janjal kötaradi. Töğri, yaqinidan ajraliş oğir, iloji boriça ularning holatini tuşunişga harakat qilamiz. Lekin ölikni yormasdan vaziyatni oydinlaştirib bölmaydi-da. Tasavvur qiling, bir odam suvda çökib vafot etdi. Balki uni kimdir zaharlab öldirgandir, balki öldirib keyin suvga taşlab yuborgandir? Bularni aniqlaş uçun tanasini yorib körişga majburmiz. Bölmasa jinoyatni oçib bölmaydi. Qança tuşuntirmaylik, qarşilik qilaveradilar. Lekin tibbiyotdan xabari bor odam biladi. Ölgan odamni aʼzosi transplantatsiya uçun yaramaydi. Çunki odam ölganidan keyin uning organizmida çiriş boşlanadi. Heç kim va heç qaçon ölgan hujayrani tiriltirib, işlatib yuborolmaydi. Amerikada ham kosmosda ham. Çet elda qilinadigan operatsiyalarda donorni faqat tirik odamdan oladi. Ölikni aʼzosidan heç qaçon foydalanilmaydi. Murdani biror aʼzosini olib, idişlarga solib qöyiş faqat kinolarda böladi, hayotda emas. Baʼzan öylanib qolaman. Balki oliy öquv yurtlarida mana şu narsalar haqida maʼlumot beradigan darslar kiritilişi kerakdir? Qonunçiligimizda ham murdaning içki aʼzolaridan hatto öquv-ilmiy maqsadda foydalaniş ham man qilingan. Şuning uçun ölikxonadagi barça murdalar kömib yuborilgan, hatto sohaga oid barça institutlardan ham olib qöyilgan. Hozir beçora tibbiyot oliygohi talabalari 6 yil öqib, vaqti kelsa biror marta odamning içki aʼzosini körmay bitirib ketyapti. Ölikni yorib köriş GUNOHmi? Gohida «ölikni yorma, Xudodan qörqmaysanmi, kofirmisan?» deyişadi. Özimga ham aytganlar köp bölgan. Ana şunday insonlarga Arabistonda diniy ulamolar tomonidan yozilgan va Şayx Abdulaziz Mansur tahriri ostida özbek tiliga tarjima qilingan «Ming bir fatvo» kitobini körsataman. Kitobda sohamiz bilan boğliq köplab munozarali savollarga javob berilgan. Masalan 384-fatvoda «homilador ayol ölib qolsa, qornidagi bolani qimirlagani maʼlum bölsa, qornini yorib bola çiqarib olinişi» aytilgan bölsa, 445-fatvoda esa «mayitni qornini yoriş masalasida şaʼriy uzr bilan bölsa joiz»ligi yozilgan. Mayit zaharlanib ölgan bölsa uni aniqlaş, gumon qilingan odamni tuhmatdan halos qiliş maqsadida mayitni yorib, içki aʼzolarini körişga fatvo berilgan. Qabrni oçib tekşiriş masalasi böyiça ham 444-fatvoda dafn etilgan mayit uzrli holatlarda oçilib, qayta dafn etiş mumkinligi haqida dinda ham ruxsat bor. Bundan ança yillar oldin bir inson şayx hazratlaridan mayitni yorib köriş gunohmi, kasbimiz islomga töğri kelmaydimi, deb söraganida hazrat: «Men biror bir kitobda mayitni yoriş gunoh» deganini körmaganman deb javob bergan ekanlar. Öliklar yorilmaganda tibbiyot bu darajaga yetmasdi Endi tibbiyot nuqtai nazaridan olib qaralganda-çi? Aytingçi, hozir jarrohlarnimaga tayanib operatsiya qilyapti? Çunki qöllarida asos bor, yaʼni odamning içki aʼzolarini topografik joylaşuvi—atlasi mavjud. Ana şunga qarab bemalol operatsiya qiladi. U qayerdan paydo böldi deb öylaysiz? Atlasni rus olimiPirogov yaratgan. U birinçi jahon urişi paytida ölgan askarlarni yorib körgan. Öqni kiriş-çiqiş teşigi qayerda, odamni jigari, içki aʼzolari, qon aylanişi, umuman, odam organizmining işlaşiga oid barça maʼlumotlarni örgangan. Şuning uçun bugun şifokorlarda tayyor atlas bor. Işlarini muvaffaqiyatli amalga oşiryapti. Lekin agar öliklar yorib  örganilmaganda tibbiyot şu darajaga kelarmidi? Jinoyatlar oçilarmidi? Davlat ekspertizaga hamişa muhtoj  Oxirgi paytlarda tirik şaxslar örtasida tan jarohati yetkaziş va jinsiy holat bilan boğliq vaziyatlarda köp muammolar bölyapti. Odamlar orasida hamişa nizolar, kelişmovçiliklar va yolğonçilik bor ekan davlat hamişa ekspertizaga muhtoj böladi. Şuning uçun ham sohamiz rivojlanib boraveradi. Avvalişxonamizni qöriqlab, oddiy qorovul turgan bölsa, endi bizning xavfsizligimiz içki işlar organlariga topşirilgan. Bundan taşqari köpçilik ekspertiza xulosalarini soxtalaştiriş mumkin, deb öylaydilar. Lekin ekspert xulosalarni berayotib har doim qonun doirasida ogohlantiriladi. Agar qonunga xilof iş qilsa, javobgarligi oğir böladi. Şaxsan men şunça yillik öqişim, maşaqqatlar bilan topilgan obrö-eʼtiborimni kimningdir manfaati uçun sarflaşni xohlamayman. Suhbatdoş: Xonzodabegim Aʼzamova[:]
×