Qirğiziston “Tolibon” hukumatini tan oladimi?

Qirğiziston “Tolibon” hukumatini tan oladimi?

Qirğiziston hukumati hozirgi bosqiçda Afğonistondagi “Tolibon” hukumatini tan olmoqçi emas. Bu haqda Bişkekdagi Afğoniston muammolariga bağişlangan xalqaro konferentsiyada Qirğiziston Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Taalatbek Masodiqov maʼlum qildi.  

“Bugungaça biz tomonimizdan “Tolibon”ni tan oliş haqida heç qanday gap yöq”, degan u. 

Şu bilan birga, Masodiqov “Tolibon” vakillari bilan muzokaralarni davom ettiriş zarur, deb hisoblaydi. Qirğiziston Xavfsizlik kengaşi rahbari örinbosarining qöşimça qilişiça, “Tolibon”ni Afğonistonda yuzaga kelgan muammolar bilan yolğiz qoldiriş notöğri. 

“Ularni alohida qoldiriş mumkin emas”, degan u. 

Masodiqov Qirğiziston Afğoniston boşidan keçirgan iqtisodiy qiyinçiliklarga qaramay, afğon xalqiga har tomonlama gumanitar yordam körsatişga harakat qilayotganini alohida taʼkidlagan.

Eslatib ötamiz, AQŞ tarixida eng uzoq – 20 yil davom etgan harbiy operatsiya joriy yilining 31 avgust kuni yakunlandi. Bu bilan birga Afğonistondan AQŞ harbiylari va fuqarolarini evakuatsiya qiliş ham nihoyasiga yetdi. Ahamiyatlisi, amerikaliklar mamlakatni tark etişga ulgurmasidan joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati Afğonistonda hokimiyatni egalladi.

×