"2021 yil - Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustaxkamlaş yili" deb eʼlon qilindi!

"2021 yil - Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustaxkamlaş yili" deb eʼlon qilindi!

Barçangizga maʼlumki, kirib kelayotgan 2021 yilda Özbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil töladi. Albatta, bu tarixiy sanani siz azizlar va butun xalqimiz bilan birgalikda, “Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik!” degan ezgu ğoya asosida keng bayram qilamiz.

Bugun kelgusi yil uçun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olar ekanmiz, mustaqillik yillarida erişgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlab, eng muhim va ustuvor sohalarni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratamiz, albatta.

Taʼkidlaş kerakki, pandemiya barçamizga tibbiyotning birlamçi böğini, tez yordam xizmati, sanitariya-epidemiologiya tizimini tubdan isloh qiliş muhim hayotiy zarurat ekanini yana bir bor körsatdi.

Hozirgi vaqtda dunyoning boşqa mintaqalarida kuzatilayotgan “pandemiyaning navbatdagi tölqini” va u bilan boğliq xavf-xatarlar hammamizni yanada huşyor va ogoh bölişga undamoqda.

Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlarining “Tiriklik hikmatini soğliqda, deb bilgin”, degan çuqur maʼnoli sözlari naqadar töğri ekanini hayotning özi bugun qayta-qayta isbotlamoqda.

Şu bois, mavjud imkoniyat va salohiyatimiz, pandemiya davrida orttirgan tajribamiz hamda xorijdagi ilğor yutuqlardan foydalanib, aholi salomatligini asraş va mustahkamlaş borasidagi tub islohotlarimizni yangi bosqiçga kötarişimiz zarur.

Bunda aholi, ayniqsa, yoşlarimiz örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş – eng ustuvor yönalişlardan biri bölişi lozim.

Umuman, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini taʼminlaydigan yoş avlodning soğlom va barkamol bölib voyaga yetişi hal qiluvçi örin tutadi.

Şu sababli biz islohotlarimiz kölami va samarasini yanada oşirişda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu şijoatli, taşabbuskor yoşlarimizga tayanamiz.

Biz öz oldimizga mamlakatimizda Uçinçi Renessans poydevorini barpo etişdek uluğ maqsadni qöygan ekanmiz, buning uçun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Uluğbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va şaroitlarni yaratişimiz kerak.

Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantiriş, soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettiriş milliy ğoyamizning asosiy ustunlari bölib, xizmat qilişi lozim.

Uşbu maqsad yölida yoşlarimiz öz oldiga katta marralarni qöyib, ularga erişişlari uçun keng imkoniyatlar yaratiş va har tomonlama kömak beriş – barçamiz uçun eng ustuvor vazifa bölişi zarur. Şundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini röyobga çiqaradigan buyuk va qudratli kuçga aylanadi.

Şu maqsadda, “Yangi Özbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boşlanadi”, degan ğoya asosida keng kölamli islohotlarni amalga oşiramiz.

Birinçidan, yoş avlodga boğça, maktab va oliygohda sifatli taʼlim-tarbiya berişni yölga qöyamiz, ular jismoniy va maʼnaviy soğlom, vatanparvar insonlar bölib ulğayişi uçun barça kuç va imkoniyatlarni safarbar etamiz.

Ikkinçidan, yoşlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbaşariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bölgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.

Uçinçidan, öğil-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bölgan zamonaviy kasb-hunarlarga örgatiş, ularda tadbirkorlik könikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini şakllantiriş hamda taşabbuslarini röyobga çiqariş, iş va uy-joy bilan taʼminlaşga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Bir söz bilan aytganda, bola tuğilganidan boşlab, 30 yoşgaça bölgan davrda uni har tomonlama qöllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib örin topişi uçun kömak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi.

Dunyo tajribasi şuni körsatadiki, yoş avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkaziş uçun sarflangan sarmoya jamiyatga ön, yuz barobar köp foyda keltiradi.

Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino bundan ming yil oldin, “Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir böladigan qiyinçiliklardan qörqmaydi”, deb bejiz aytmagan.

Yaqinda Qaşqadaryo, Xorazm viloyatlarida va Çilonzor tumanida bölib ötgan uçraşuvlarda yoşlarimiz tomonidan bildirilgan dadil fikr va taşabbuslar meni juda quvontirdi. Ayniqsa, kuni keça  Yoşlar forumida öğil-qizlarimizning yonib turgan közlarida ulkan azmu şijoatni, bilimga taşnalik va yangilikka intilişni körib, yanada ruhlandim va ulardan kuç oldim.

Ibn Sino bobomiz aytgan dovyurak va botir yoşlar aynan şu farzandlarim ekaniga yana bir bor amin böldim.

Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni köra oliş fazilatlarini yoşlarimizdagi ğayrat-şijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlaştira olsak, közlagan marralarga albatta yetamiz. Yangi Özbekistonni ana şunday bilimli va bunyodkor yoşlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz.

Ana şu muhim yönalişlarda boşlagan işlarimizni davom ettiriş va yangi, yuksak bosqiçga kötariş maqsadida, kirib kelayotgan 2021 yilga mamlakatimizda “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”, deb nom berişni taklif etaman.

×