2024 yil Özbekistonda «Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili» deb eʼlon qilindi

2024 yil Özbekistonda «Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili» deb eʼlon qilindi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Aziz vatandoşlar!

Jonajon diyorimizga yangi – 2024 yil kirib kelmoqda.

Mana şu şukuhli damlarda duogöy otaxon va onaxonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, barça soha va tarmoqlar vakillarini, azmu şijoatli yoşlarimizni, çet ellardagi qadrli vatandoşlarimizni – köpmillatli butun xalqimizni uşbu qutluğ ayyom bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Muhtaram döstlar!

Albatta, hayot bor ekan, uning yutuq va quvonçlari, taşviş va muammolari ham bölişi tabiiydir. Ammo inson va xalq aql-zakovati, halol mehnati, mustahkam irodasi bilan har qanday sinovlardan munosib ötişga qodir.

Şu maʼnoda, 2023 yil el-yurtimiz uçun qut-barakali va omadli keldi. Eng muhimi, yurtimizda tinçlik-osoyiştalik, turli millat vakillari örtasida döstlik va hamjihatlik hukm surmoqda.

Tariximizda birinçi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik. Kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan “Özbekiston – 2030” strategiyasini amalga oşirişni boşladik.

Köplab nufuzli anjumanlarni yuqori saviyada ötkazdik.

Xalqaro maydonda muhim taşabbuslarni ilgari surdik.

Barqaror iqtisodiy ösiş surʼatlarini saqlab qolişga erişdik.

Respublikamizda yuqori texnologik zamonaviy sanoat korxonalari, logistika va infratuzilma tarmoqlari, boğça va maktablar, madaniyat va sport obʼektlari barpo etildi. Yangi-yangi iş örinlari oçilmoqda. Şahar va qişloqlarimiz obod bölib, aholi hayot darajasi yuksalib bormoqda.

Birgalikdagi mehnatimiz tufayli Yangi Özbekiston orzusi real haqiqatga aylanmoqda. Barça erişgan yutuqlarimiz uçun siz, aziz vatandoşlarimga çin dildan minnatdorlik bildiraman.

Muhtaram döstlar!

Inson qadrini uluğlaş, aholimiz manfaatlarini taʼminlaş, buning uçun kuçli iqtisodiyot barpo etiş bizning asosiy vazifamizdir. Şu maqsadda 2024 yilni mamlakatimizda “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”, deb eʼlon qildik.

Yangi yilda iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, tadbirkorlik va xususiy mulk uçun keng imkoniyatlar yaratişni yanada kuçaytiramiz. Ilm-fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni, “yaşil” va raqamli texnologiyalarni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratamiz.

Yangi iş örinlari taşkil etiş, aholi daromadlarini oşiriş eʼtiborimiz markazida böladi. Iş haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori köpaytiriladi. Xotin-qizlar va nuroniylarni, yordamga muhtoj insonlarni qöllab-quvvatlaşga alohida ahamiyat beramiz. Ijtimoiy sohalar rivojini mutlaqo yangi bosqiçga kötaramiz.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlaş, Qurolli Kuçlarimiz jangovar salohiyatini oşiriş ustuvor vazifamiz bölib qoladi.

Muxtasar aytganda, yangi hayotni, Yangi Özbekistonni barpo etiş uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni töliq safarbar etamiz.

Qadrli va muhtaram vatandoşlarim!

Sizlarni Yangi yil bayrami bilan yana bir bor qutlab, barçangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinçlik va fayzu baraka tilayman.

Har bir oila, har bir mahalla, butun yurtimiz farovon bölsin!

Gözal Vatanimizni Yaratganning özi panohida asrasin!

Yangi yil barçamizga muborak bölsin!

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti


Teglar:
×