Senatga yuboriladigan yangi qonunda aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri – fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasligi haqidagi çeklov olib taşlangan va bir qança yengilliklar berilgan.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonun loyihasini uçinçi öqişda körib çiqib, qabul qildi.
Deputat Inomjon Qudratovning Kun.uz'ga maʼlum qilişiça, qizğin muhokamalarga boy ötgan majlisda qabul qilingan qonun loyihasi 10 kun muddatda Senatga yuboriladi.
Maʼlumotlarga köra, loyiha eʼlon qilinganidan buyon (2020 yil avgust oyida) aholi, xalqaro taşkilotlar va mahalliy ekspertlar tomonidan 700dan ortiq taklif kelib tuşgan. Loyiha qömita va partiyalar fraktsiyalarida ham keng muhokama qilingan.
Deputatlar yangi qonun loyihasida aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri – fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasligi haqidagi çeklovni olib taşlaşgan.
Loyihada diniy taşkilot tuziş uçun taşabbuskorlar soni 100 nafardan 50 nafargaça tuşirilib, diniy taşkilotlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartib-taomillari yengillaştirilgan. Xususan, taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilib, ularni notarial va boşqa körinişlarda tasdiqlaşga oid talablar bekor qilingan, davlat xizmatlari töliq elektron körinişda amalga oşirilişi va röyxatdan ötkazişni rad etiş asoslari aniq belgilangan. Diniy taşkilotni röyxatdan ötkaziş böyiça berilgan arizani körib çiqiş muddati 3 oydan 1 oyga tuşirilgan.
Şuningdek, Inomjon Qudratovning aytişiça, davlat idoralarining diniy taşkilotlar faoliyatiga aralaşişi qisqartirilgan. Sohada vakolatli va kömaklaşuvçi organ sifatida Din işlari böyiça qömita qoldirilgan.
Qonunçilik palatasining yana bir deputati Alişer Qodirovning maʼlum qilişiça, deputatlar fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasligi haqidagi çeklov olib taşlanişi kerakligini töliq maʼqullaşgan.
Lekin uşbu qonunga uzviy boğliq bölgan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 184-1-moddasi öz kuçida qolmoqda.
Qonunga köra, «Özbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy taşkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlari bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi».
Agar jamoat joylarida ibodat libosida yurişga doir çeklovlar olib taşlansa, bu modda yangi qonunga teskari kuçda bölib qoladi. Şu sababli deputatlar Din işlari böyiça qömitaga MJtKning 184-1-moddasini bekor qiliş böyiça taklif işlab çiqiş va bu boradagi işlarda taşabbuskor bölişlari kerakligini aytgan.
- Yangi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan muhokama etilib qabul qilingaç, imzolaş uçun Özbekiston prezidentiga yuboriladi. Prezident imzolagan qonun rasmiy naşrlarda eʼlon qilingaç kuçga kiradi va uning sönggi moddasi asosida amaldagi «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonun öz kuçini yöqotadi.
Taʼkidlaş kerak, ötgan oyda Xalqaro diniy erkinlik masalalari böyiça AQŞ komissiyasi «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi xalqaro standartlarga mos kelmasligi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti hamda Yevropa Kengaşining Venetsiya komissiyasi qonun loyihasi bilan tanişib çiqib, unga tanqidiy xulosa berganini maʼlum qilgan edi.
Qonun loyihasidagi qator bandlar, xususan diniy faoliyat bilan şuğullanuvçi taşkilotlarning davlat röyxatidan ötişi şartligi, xususiy diniy taʼlim va missionerlikning taqiqlanişi, diniy taşkilotni röyxatdan ötkazişdagi ehtimoliy murakkabliklar, muayyan joylarda diniy marosimlarni ötkaziş mumkin emasligi, diniy mazmunga ega barça adabiyotlar va materiallar majburiy tartibda ekspertizadan ötişi kabi normalar xalqaro taşkilotlar tomonidan maʼqullanmayapti.
Şu va boşqa bir qança sabablar ortidan komissiya Özbekistonni «maxsus kuzatuv ostidagi davlatlar» röyxatiga qayta kiritişni tavsiya etgan.









