Xoin deb atalişi mumkin bölganlarning özlari hozirgi voqealar (Ukrainadagi uruş – tahr.) fonida Rossiya jamiyatidan yöqolib ketadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib ötgan.
Peskov Prezident Vladimir Putinning keça, 16 mart kuni bölib ötgan Rossiya Federatsiyasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlariga bağişlangan yiğilişida Rossiya jamiyatining tabiiy özini-özi poklanişi haqidagi sözlariga izoh berar ekan, “juda köp odamlar özini, rusça aytganda, sotqin sifatida körsatişini” taʼkidlagan.
Uning taʼkidlaşiça, bunday qiyin va masʼuliyatli vaziyatlarda köpçilik özini kimligini körsatmoqda.
“Ularning özlari hayotimizdan yöqolib ketişadi. Kimdir öz lavozimini tark etadi, kimdir faol xizmat muddatini taşlab ketadi, kimdir mamlakatni tark etib, boşqa davlatlarga köçib ötadi. Mana şunday tozalaş sodir böladi. Kimdir qonunni buzadi va buning uçun sud qarorlari bilan tegişli jazoni oladi”, deya xulosa qildi Peskov.









