Qirğizistondan 5 mlrd sömlik tilla olib kirmoqçi bölgan kurer uşlandi

Qirğizistondan 5 mlrd sömlik tilla olib kirmoqçi bölgan kurer uşlandi

Qirğiziston hududidan umumiy bahosi 5 mlrd 213 mln söm bölgan zargarlik buyumlarini Özbekiston hududiga noqonuniy olib kirmoqçi bölgan şaxs uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, ötkazilgan tezkor tadbirda 1992 yilda tuğilgan fuqaro Qirğizistondan “Vodil avto” çegara bojxona posti orqali Farğona viloyati hududiga ötgan vaqtida töxtatilib, örnatilgan tartibda tekşirilgan.

Natijada uşbu şaxs egnidagi kiyimlari ostiga qöşni davlatdan olib kelingan jami 859 dona zargarlik buyumlari va 1 dona qöl soatini yaşirgani aniqlangan. 

Ekspertlar xulosasiga köra, kimyoviy tarkibi oltin hisoblangan, brilliant toşlari bilan bezak berilgan mazkur zargarlik buyumlarining sof oğirligi 4 kilogramm 155 gramm bölib, umumiy bahosi 5 mlrd 213 mln sömni taşkil etadi.

Aniqlanişiça, Andijon va Farğona viloyatlarida yaşovçi 10 nafarga yaqin savdogarlar tomonidan Turkiya davlatidan Qirğizistonga olib kelingan uşbu zargarlik buyumlarini mazkur şaxs 400 dollar xizmat haqi evaziga çegara bojxona postidan ötkazib berişi kerak bölgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona töğrisidagi qonunçilikni buziş) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda uşbu qimmatbaho buyumlar egalarining şaxsiga aniqlik kiritişga harakat qilinmoqda.


×