YPX xodimi sizni töxtatganda qanday huquqlarga ega ekaningizni bilasizmi?

YPX xodimi sizni töxtatganda qanday huquqlarga ega ekaningizni bilasizmi?

Yöl harakati qatnaşçilari yöl-patrul xizmati (YPX) xodimlari bilan munosabatlarda quyidagi huquqlarga ega:

— YPX xodimi tomonidan töxtatiş asoslari hamda qoidalarning qaysi bandi buzganligi töğrisida tuşuntiriş berişni talab qiliş;

— transport vositasini töxtatgan YPX xodimidan özini taniştirişini, xizmat guvohnomasini körsatişini va kökrak nişon belgisini maʼlum qilişini talab qiliş;

— xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik;

— YPX xodimi bilan özaro munosabatini öziga tegişli audio, foto va video qurilmaga qayd qiliş (taqiqlangan belgi mavjud hududlardan taşqari);

— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan taşqari transport vositasi kabinasidan çiqmasdan, YPX xodimi bilan özaro munosabatga kirişiş;

— sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanişiş;

— huquqbuzarlik holatini aniqlaşda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslaş sertifikatlarini körsatişni talab qiliş;

— huquqbuzarlik holati yuzasidan tuşuntirişlar beriş;

— asossiz töxtatib turilmasligini talab qiliş;

— YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni taşqi közdan keçiriş jarayonida iştirok etiş;

— özi töxtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borişi mumkinligi haqidagi dislokatsiya köçirmasi bilan şu joyning özida tanişiş;

— maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilganidan söng YPX xodimining dislokatsiyasi saqlanayotgan saf bölimi boşliğidan dislokatsiya haqida yozma maʼlumot berişni talab qiliş;

— öziga nisbatan rasmiylaştirilgan maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnoma va boşqa iş hujjatlari bilan tanişiş, ulardan öz hisobidan nusxa köçiriş yoki ularni fotosuratga oliş;

— YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylaştirilgan maʼmuriy bayonnoma ustidan yuqori turuvçi organga yoki sudga şikoyat qiliş;

— özi guvohi bölgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy maʼlumotni bayon qiliş.

Xabar.uz

×