Şunday insonlar borki, qarzdan boşi çiqmaydi, qarzni qarzga ulab kun keçiradi. Albatta, mablağ zarur bölsa-yu, ayni vaqtda qölida pul bölmasa, yaqin kişisidan qarzga sörab turiş tabiiy. Lekin qarz-maniya kasaliga uçragan odamda nafaqat pulsizlik, balki ruhiy buziliş ham keçayotgan bölib, ular birovdan qarz olişga qaram bölib qoladilar. Mazkur ruhiy tobelik kreditomaniya deb yuritiladi. Unda faqat banklardan kredit olişga ruju qöyiş emas, odamlardan qarz söraş odatining kuçayib ketgani ham örganiladi.
Zamonaviy insonlarning 3 tasidan 1 tasi mazkur qaramlikka çalingan bölib, uning ortiga stress yaşiringan. Ayniqsa pandemiya payti kasallikdan bezigan aholi depressiyaga tuşib qoldi va özini kreditlarga ura boşladi.
“Qarz-man” şunday odamki, u birovdan qarz olmay yaşolmaydi. Qöliga pul tuşsa, qarziga tölaydi va keyingi ehtiyojlari uçun yana qarz olişga majbur böladi. U bir vaqtning özida bir neçta odamdan qarzdor bölgani uçun “oylikkaça” deb olgan pullarini qaytarişga maoşi yetmaydi va qarzini tölaş uçun boşqa birovdan qarz oladi. “Qarz-man” ana şunday çigal zanjirga öralib yaşaydi. Psixologlar begona pullarga bu darajada qaram bölişni alkogolizm yoki öyinlarga boğlanib qolişdan kam emas, deb baholaydilar.
Ösmirlik davri notinç ötgan insonlar qarz olişga “usta” bölişlari isbotlangan. Çunki bu payt insonning orzulari köp böladi, ularni amalga oşiriş esa faqat öziga boğliq bölmagani uçun yaqinlariga suyanadi. Ösmirlik davridagi mazkur ehtiyoj qondirilmasa, kelajakda u pulsizlikdan atrofdagilarga suyaniş, qarz oliş orqali muammolarini yeçişga örganib qoladi. Agar ösmir yoşdagi farzandingizni qöllab-quvvatlamasangiz, qiziqişlarini hisobga olmasangiz, maqsadlariga erişişda yordam bermasangiz, bilingki, siz bölajak qarzdorni, “qarz-man”ni tarbiyalayapsiz.
Faqat kambağal, noçor odam qarz oladi, degan faraz mutlaqo notöğri. Psixologik böşliği bor odam millioner bölsa ham qarz olaveradi. Çunki u karmonidagi pul bilan hisoblaşmaydi, masalan ayni vaqtda qölida 10 million söm bilan dökonga kirsa, 15 million sömlik buyum beixtiyor eʼtiborini tortadi va unga egalik qiliş uçun kimdandir qarz söraydi. Bor pulini birgina buyumga sarflab qöyganidan keyin ertangi xarajatlar uçun boşqa birovning oldiga borib sarğayadi. Xoh işoning, xoh işonmang – qarz söraş va qarz oliş unga ruhiy xotirjamlik bağişlaydi, şu yöl bilan u yon-atrofdan qöllab-quvvatlov va suyanç qabul qilyapman, deb özini aldaydi. Qarz evaziga kelgan pulni qölga uşlagaç, muammolarini bir zumga bölsada unutadi.
“Qarzim bölsa, uxlolmayman”, deydi baʼzilar, ular qarzdorlikdan qoçadi, oç qolsa ham qarz olmaslikka harakat qiladi. “Qarz-maniya” bemori esa aksinça, qarz olmasdan turolmaydi, qarzidan qutulganida emas, qarz olganida qalbida quvonç uyğonadi.
Öziga nisbatan işonçning pastligi ham köp qarz olişga undaydi. Çunki u muammolar oldida özini ojiz his qiladi, masalalarni boşqalar aralaşuvisiz, öz kuçi bilan hal qilişiga közi yetmaydi.
Bankdan kredit olişga işqibozlar ham “qarz-man”lar sirasiga kiradi. Ularga bölib tölaş qiziq tuyulib, bir nimali bölib qolişga intiladilar. Aslida bir neça kreditlarga yoppasiga kömiliş ham ruhiy kemtiklarni töldirişga bölgan urinişdir. “Kredit-man” özini ğamxörlik ostida his qilişni istaydi va bank mijozi sifatida bunga erişiş yölini tanlaydi. Hayotda imkoniyatlarga taşna bölgani uçun bölib tölaş imkoniyati darrov ularni öziga rom etadi. Foiz tuğişi esa közga körinmaydi. Qarzni vaqtida tölolmaslik oqibatida javobgarlikka tortilişi mumkinligi-ku umuman hayolga ham kelmaydi.
Bemor avvalo dard ildizini aniqlaşi, ösmir davridagi muammoli voqealarni ong ostidan qöyib yuborişi lozim. Unga vaqtida suyançiq bölmagan ota-onasi va boşqa oila aʼzolari, yaqin qarindoşlari, ustozlari hamda döstlarini keçirişi kerak. Psixolog unga keçirişning maxsus texnologiyalarini örgatadi. Qarzdorlikdan qutuliş uçun öziga nisbatan işonçni oşiriş, irodani mustahkamlaşning psixologik maşqlarini bajariş ham foydali.
“Qarz-man”ga kuçli nazorat kerak. Bu nazorat atrofdagilar emas, özi tomonidan amalga oşirilgani maʼqul. Yaqinlari esa bemorni qöllab-quvvatlaşga, yordam berişga, suyançiq bölişga tayyor ekanliklarini söz va amal bilan bildirib turişlari lozim. Sovğalar bilan siylaş ham yaxşi yordam beradi. Sizdan qarz sörasa, rad etiş bilan “qarz-man”ni tarbiyalay olmaysiz, aksinça bu uni çöktirib, ruhiy holatini yanada yomonlaştirib yuboradi. Undan köra, mablağ nima uçun kerak bölib qolganini suriştiring. Sabab asosli bölsa, qarz bering va muddat qöying, şu sanada qaytarişi şartligi, özingizga ham pul zarurligini uqtiring, muddat yaqinlaşganda eslatib turing. Qarzni yaxşi kayfiyatda bering va tez orada pul qaytişiga, qarzdor bu uçun imkon topa olişiga işonayotganingizni bildiring.
Doimiy qarzdorlarga maslahatlar:
- Daromadlaringiz va harajatlariningizni qoğozga tuşiring. Ehtiyojdan taşqari harajatlarni röyxatdan çiqarib taşlang.
- Qölingizga pul tuşganida işni qarzlarni tölaşdan boşlang va kundalik harajatlar uçun ham pul qoldiring.
- Kimdan qança miqdorda qarzdor ekanligini yozib çiqing va tölangan qarzlarni öçirib boring. Har bir tölangan qarz uçun özingizni rağbatlantiring. Masalan, maqtov, qarsak yoki dam oliş bilan.
- Qarz bergan odam bilan aloqada bölib, olgan pulingiz yodingizda ekani, uni qaytariş harakatida ekanligingizni bildirib turing. Masʼuliyatli şaxsga aylaning.
- Katta miqdorda qarz olmang. Kuçli zarurat bölmasa, qarz evaziga kiritiladigan narsadan hozirça voz keçing. Keçroq bölsada öz mablağlaringiz evaziga erişasiz.
- Qölga kiritgan mol-mulklaringiz uçun minnatdor böling va ularni örnida işlating.
- Insonlarga qöldan kelgança yordam bering, kiçik miqdorda bölsa ham ehson qiling, şu yöl bilan oluvçi qöldan beruvçi qölga aylanasiz.
- Qarzingiz haqida ortiqça qayğurmang, yaxşisi - köproq işlab, daromadingizni köpaytiriş haqida öylang. Boy bölişni orzu qiling va unutmang: boylarga qarzdorlik yaraşmaydi.









