Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Frantsiya Taraqqiyot agentligi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlar asosida Özbekiston Respublikasiga byudjetni qöllab-quvvatlaş uçun 150 million yevro kreditini jalb qiliş töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Loyihaga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini jadal joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida” 2020 yil 27 apreldagi 260-son qaroriga muvofiq elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oşirişda Özbekiston Respublikasiga byudjetni qöllab-quvvatlaş uçun Frantsiya taraqqiyot agentligining (FTA) 150 million yevro miqdorida (Policy Based Loan) kreditini jalb etiş belgilangan.
Şuningdek, 2020 yil 6 iyunda Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi va Frantsiya taraqqiyot agentligi örtasida Özbekiston Respublikasida “Energiya iqlimi” davlat maqsadli kreditini 150 million yevro miqdorida jalb qiliş böyiça anglaşuv memorandumi imzolangan.
2020 yil 9 iyulda FTA Direktorlar kengaşi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oşirişda Özbekiston Respublikasiga byudjetni qöllab-quvvatlaş uçun 5 yillik imtiyozli davrni öz içiga olgan holda 20 yil muddatda qaytariş şarti bilan 150 million yevro miqdorida kredit (Policy Based Loan) ajratilişi maʼqullangan, şuningdek, 2020 yil 15 iyul kuni Özbekiston Respublikasi va FTA örtasida muzokaralari ötkazilgan.
Belgilab qöyilişiça:
• FTA krediti Özbekiston Respublikasining respublika byudjeti xarajatlarini moliyalaştiriş uçun ajratiladi;
• Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş va monitoring qiliş, FTA tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilişi yuzasidan nazorat qiluvçi organ hisoblanadi;
• FTA asosiy kreditini söndiriş, şuningdek ular böyiça foizlar, majburiyat uçun tölovlarni tölaş bilan boğliq xarajatlar Özbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi elektr energetikasi sohasidagi islohotlarni amalga oşirişda byudjetni qöllab-quvvatlaş (Polcy Based Loan) uçun FTA tomonidan ajratiladigan kredit hisobidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş loyihasini (EHNATni joriy etiş loyihasi) moliyalaştirişga 150 million yevrodan oşmagan miqdorda, ön beş yil muddatga uç yillik imtiyozli davri bilan olti oylik YEVRIBOR+1,25 foiz (bunda 0,75 foiz Özbekiston Respublikasi ustamasi) tölaş şarti bilan kredit ajratadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ EHNATni joriy etiş loyihasining amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş va monitoring qiliş, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilişi yuzasidan masʼul organ etib belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi moliya vaziriga elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oşirişda Özbekiston Respublikasiga byudjetni qöllab-quvvatlaş uçun FTAning 150 million yevro miqdorida (Policy Based Loan) kreditini jalb etiş uçun Özbekiston Respublikasi va FTA örtasida imzolanadigan qarz bitimini Özbekiston Respublikasi nomidan imzolaş vakolati beriladi.









