OTB Özbekistonga 161 mln dollar qarz beradi

OTB Özbekistonga 161 mln dollar qarz beradi

Osiyo taraqqiyot banki Özbekistonda suv taʼminoti loyihalari uçun 161 million dollar ajratadi. Bu haqda Özbekiston Prezidentining joriy yil 2 avgust kuni qabul qilingan “Osiyo taraqqiyot banki iştirokida “Toşkent viloyati şahar va tumanlarida içimlik va oqova suv tizimlarini quriş va rekonstruktsiya qiliş (3-bosqiç)” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida aytib ötilgan.

Hujjat Toşkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Çirçiq va Yangiyöl şaharlarida hamda Çinoz tumani markazida aholi va tadbirkorlik subʼektlarining içimlik va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oşiriş, uşbu hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxşilaş, şuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida qabul qilindi.

Özbekiston Respublikasi va OTB  örtasida “Toşkent viloyati şahar va tumanlarida içimlik va oqova suv tizimlarini quriş va rekonstruktsiya qiliş (3-bosqiç)” loyihasini amalga oşiriş uçun 5 yillik imtiyozli davrni öz içiga olgan 25 yilda qaytariş şarti bilan 161 mln dollar miqdoridagi qarz bitimi imzolangan.

Loyihaning umumiy qiymati 185,8 mln dollar, şu jumladan:

•    OTB qarzi –161 mln dollar;
•    loyihani amalga oşirişda Özbekiston Respublikasining qöşilgan qiymat soliğini qoplaş va bojxona imtiyozlari şaklida uluşi – 24,8 mln dollar;
•    loyihani amalga oşiriş davri 5 yilni (2022 – 2027 yillar) taşkil etadi.

“Özsuvtaʼminot” AJ loyihaning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişi uçun zarur taşkiliy-texnik tadbirlarning öz vaqtida ötkazilişini, OTB qarzidan maqsadli va samarali foydalanilişini taʼminlaydigan masʼul ijro etuvçi organ etib belgilandi.

Toşkent viloyati hokimligi “Özsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda loyihaning sifatli amalga oşirilişi, belgilangan körsatkiçlarga erişilişi va OTB qarzi qaytarilişi uçun javobgar hisoblanadi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

•    “Toşkent viloyati şahar va tumanlarida içimlik va oqova suv tizimlarini quriş va rekonstruktsiya qiliş (3-bosqiç)” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslaşning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
•    Loyiha doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytariş, foizlar va vositaçilik haqini tölaşning prognoz jadvali;
•    Loyiha doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat körsatiş xarajatlarini qoplaş böyiça uluşlar taqsimotining prognozi;
•    “Toşkent suv taʼminoti” MÇJni moliyaviy soğlomlaştiriş böyiça “Yöl xaritasi”.

×