Moskva tinçlik örnatiş böyiça Kiyevga aniq takliflar berdi – Lavrov

Moskva tinçlik örnatiş böyiça Kiyevga aniq takliflar berdi – Lavrov

Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina böyiça Antaliyada bölib ötgan uç tomonlama yiğiliş doirasida Rossiya tomoni Kiyevga qarama-qarşiliklarni hal qiliş böyiça aniq takliflar taqdim etganini va Kiyev “Rossiya loyihasini inobatga olgani va javobini berişini” aytdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

“Bugun muzokaralar jarayonidan boşqa muqobil yöqligi ayon böldi. Ukraina Taşqi işlar vazirligi rahbari bilan bölib ötgan muzokaralarda heç kim öt oçişni töxtatiş böyiça kelişib olmoqçi emasdi”, degan u muzokaralardan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida.

Lavrovning sözlariga köra, Moskvaning Ukrainada kundalik gumanitar yölaklarni oçiş taşabbusi öz kuçida qolmoqda.

“Rossiya Ukrainaning “neytral” maqomga ega bölişi tarafdori. Biz NATOning kengayişiga qarşimiz, lekin Ukraina xavfsizligini taʼminlaş zarurligini rad etmaymiz. Ğarb Ukrainadan faqatgina Kiyev doim Rossiyaga qarşi harakat qilişini xohlaydi. Rossiya Federatsiyasi Ukrainani qurolsizlantirilgan, döstona, rus tili taqiqlanmagan holda körişni istaydi”, degan rossiyalik vazir.

×