Zelenskiy kuzda “tinçlik formulasi” böyiça sammit ötkazilişidan umidvor

Zelenskiy kuzda “tinçlik formulasi” böyiça sammit ötkazilişidan umidvor

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kuzda “tinçlik sammiti” ötkazilişiga umid qilişini va bu hafta Saudiya Arabistonida bölib ötadigan muzokaralar uşbu maqsad sari qadam bölişini aytdi. Bu haqda u keça, 2 avgust kuni Ukrainaning xorijiy diplomatik muassasalari rahbarlari bilan uçraşuvda söz oçdi.

Zelenskiy şu hafta Jiddada deyarli 40 davlat iştirokida Ukraina tomonidan taklif etilgan “tinçlik formulasi”ni amalga oşiriş böyiça davlatlar rahbarlari maslahatçilari va TIV vakillarining ikkinçi uçraşuvi ötkazilişini eslatgan.

“Uçinçi qadam sammit – global tinçlik sammitini taşkil etiş böladi. Bu kuzda sodir bölişini taʼminlaş uçun işlamoqdamiz. Sammitda dunyoning köpçilik qismi — Şimol, Janub, Şarq, Ğarb vakillari bölişi kerak. Dunyoning aksariyat davlatlarini jalb qiliş uçun hali vaqt bor”, degan Prezident.

Qayd etilişiça, sammit ötgan yilning kuzida Zelenskiy faol ilgari surgan 10 banddan iborat “tinçlik rejasi”ga asoslanadi. Uning tinçlikka bölgan qaraşlari Ukraina hududiy yaxlitligini töliq tiklaş va Rossiya qöşinlarini töliq olib çiqiş, oziq-ovqat va energiya xavfsizligini himoya qiliş, yadro xavfsizligi, barça mahbuslarni ozod qiliş va boşqa bandlarini öz içiga oladi.

Sammitni ötkaziş joyi hozirça kelişib olinmagan. Ukraina va Ğarb rasmiylari sammitda Rossiya iştirok etmasligini aytgan.

Eslatib ötamiz, oldinroq Saudiya Arabistonining Jidda şahrida 5-6 avgust kunlari Ukrainadagi vaziyatni tartibga soliş uçun muzokaralar bölişi, unda köplab davlatlardan vakillari iştirok etişi, biroq Rossiya taklif etilmagani aytilgandi.


Teglar:
×