Putin uruşdan oldin bergan topşiriğini bajarmaganlarni jazolaşni buyurdi

Putin uruşdan oldin bergan topşiriğini bajarmaganlarni jazolaşni buyurdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi uruşga muddatli harbiy xizmatçilarni yuborganlarni aniqlab, jazolaş böyiça körsatma berdi.

Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning maʼlum qilişiça, Vladimir Putin muddatli harbiy xizmatçilarni Ukrainadagi operatsiyada qatnaşişini qatʼiyan istisno qiliş töğrisida bergan topşiriğining bajarilişi töğrisida hisobot olgan.

Uning taʼkidlaşiça, uşbu körsatmani bajarmaganlik uçun aybdor mansabdor şaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş va jazolaş uçun materiallar Boş harbiy prokuraturaga yuborilgan.

“Maxsus harbiy operatsiya boşlanişidan oldin Rossiya Prezidenti, Oliy Boş qömondon Vladimir Putinning topşiriğiga binoan, barça qurolli kuçlar bölinmalari qömondonlariga quyidagilar topşirildi: Ukraina hududida har qanday vazifani bajariş uçun muddatli harbiy xizmatçilarni jalb qilişni qatʼiyan istisno qiliş. Prezident Putinga uşbu körsatmaning bajarilişi haqida maʼlumot berildi”, degan Peskov jurnalistlarga.

Qayd etilişiça, Ukraina hududidagi maxsus harbiy operatsiyada iştirok etayotgan qurolli kuçlar bölinmalarida bir qator muddatli harbiy xizmatçilar borligi faktlari yuzasidan Rossiya Prezidentining körsatmasi böyiça Boş harbiy qismga materiallar yuborilgan. Prokuratura uşbu körsatmalarni bajarmaganlikda aybdor mansabdor şaxslarning xatti-harakatlarini tekşirib, ularga huquqiy baho berişi aytilgan. 

×