Rossiya Mudofaa vazirligi Afğonistondan 380 nafar mamlakat fuqarosini Afğonistondan evakuatsiya qiladi. RF Prezidenti Vladimir Putin şunday körsatma bergan.
“Hozir uçta Il-76 harbiy-transport samolyoti Qobulga insonparvarlik yordamini yetkazgan va endi evakuatsiya qilinadiganlarni röyxatdan ötkaziş boşlangan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Rossiya Il-76 harbiy-transport samolyotlarida 108 tonna yordam yukini Afğonistonga yetkazgan.
Afğonistondagi vaziyat
AQŞning Afğonistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQŞ qöşinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boşqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Uşbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afğoniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afğoniston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildi.









